O‘zbekiston | 07:52 / 17.01.2023
3760
1 daqiqa o‘qiladi

Tasniflash kodlari o‘zgargan mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2022 yilgi tahriri amalga kiritilishi munosabati bilan tasniflash kodlari o‘zgargan mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlanmoqda.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Bojxona qo‘mitasiga zarur hollarda mahsulotlarni tasniflash yuzasidan birgalikda xulosalar berish hamda yuqoridagi ro‘yxatga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilmoqda.

Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan.

Mavzuga oid