O‘zbekiston | 15:04 / 18.01.2023
7246
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda salkam 153 mln so‘m evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Jarqo‘rg‘on tumanida bir guruh fuqarolarni nodavlat universitetga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi. Qayd etilishicha, ular odamlarning salkam 153 mln so‘m pulini olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Denovda esa shunga o‘xshash holat uchun 15 300 dollar firibgarlik bilan olingan.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura departamentining xabar berishicha, firibgarlik jinoyati uchun sirtdan ayb e’lon qilinib, qidiruvga berilgan fuqaro A.A. va uning sherigi Sh.A. o‘zaro til biriktirib, 2022 yilda MChJ shaklidagi nodavlat universitetini ochgan va shu muassasaga kiritib qo‘yish va’dasi bilan o‘qish istagini bildirgan 18 nafar fuqaroning jami 152 mln 900 ming so‘mini olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Shuningdek, departamentning Denov tuman bo‘limi tomonidan ham shunga o‘xshash holat aniqlangan. Unga ko‘ra, tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro X.M. qo‘shni Tojikistonda tahsil olayotgan 21 nafar talabaning o‘qishini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida O‘zbekistondagi OTMga ko‘chirib berish evaziga jami 15 ming 300 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.  

Departamentga ko‘rsa, yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid