O‘zbekiston | 11:33 / 19.01.2023
8609
1 daqiqa o‘qiladi

Turkish Airlines'ning Istanbul – Bishkek samolyoti Toshkentga qo‘ndi

Turkish Airlines aviakompaniyasining Istanbul – Bishkek yo‘nalishi bo‘yicha TK344 yo‘lovchi reysi Toshkent xalqaro aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirdi.

Foto: Uzbekistan Airports

Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, hodisaga qabul qiluvchi aeroportdagi noqulay ob-havo sharoiti – tuman, ko‘rish masofasi 800 metrni tashkil etayotgani sabab bo‘lgan. Ekipaj a’zolari muqobil aerodromga yo‘l olishga qaror qilgan.

Bortida 184 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 09:42 da qo‘nishni amalga oshirdi. 

Ayni paytda samolyotning belgilangan aeroportga keyingi parvozini amalga oshirish imkoniyati masalasi hal qilinmoqda.

Mavzuga oid