O‘zbekiston | 15:45 / 21.01.2023
32986
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi

Tun yarmida gaz tarmoqdan uzilgan va qayta yoqilgan. Oqibatda, xonaga gaz sizib chiqqan va uyquda bo‘lgan kelin-kuyov zaharlanib vafot etgan.

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida oila qurganiga bir oy ham bo‘lmagan kelin-kuyov is gazidan vafot etgan. Bu haqda huquq faoli Abdurahmon Tashanov xabar berdi.

Hodisa 2023 yil 18 yanvar kuni Kattaqo‘rg‘on tumani Oltinsoy qishlog‘ida sodir bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, tun yarmida gaz tarmoqdan uzilgan va qayta yoqilgan. Oqibatda, xonaga gaz sizib chiqqan va uyquda bo‘lgan kelin-kuyov zaharlangan. Ular ertalab xonadonida o‘lik holda topilgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinovning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, kelin-kuyovning ota-onasi va yaqinlari jasadni ko‘mib yuborgan va bu to‘g‘risida huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bermagan.

Hozirda Samarqand viloyat prokuraturasi hodisa yuzasidan tekshiruv olib boryapti.

Mavzuga oid