Jahon | 18:42 / 23.01.2023
13307
1 daqiqa o‘qiladi

Gurbanguli Berdimuhamedov turkman xalqining milliy yetakchisi deb e’lon qilindi 

Yangi qonun sobiq prezident va uning oila a’zolariga daxlsizlik huquqini ham berdi.

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov tomonidan «Turkman xalqining milliy yetakchisi to‘g‘risida»gi qonun imzolandi. Bu haqda Turkmenportal xabar berdi.

Qonunga ko‘ra, sobiq prezident Gurbanguli Berdimuhamedov va uning oila a’zolari daxlsizlik huquqiga, shuningdek, boshqa bir qator imtiyozlarga ega bo‘ldi. Qonun uning mol-mulkiga va oila a’zolariga tegishli bo‘lgan mulkka ham tegishli.

21 yanvar kuni Turkmaniston parlamenti Milliy Gengeshning qo‘shma yig‘ilishida sobiq prezident Gurbanguli Berdimuhamedovga milliy yetakchi maqomi berish to‘g‘risida ham qaror qabul qilindi.

Mavzuga oid