O‘zbekistondagi 700 dan oshiq maktabda 3-chorak onlayn shaklda davom ettirilmoqda
23 yanvardan respublikadagi barcha ta’lim muassasalarida darslar boshlab yuborildi. Hozirda 10 ming 104 ta maktabdan 9 ming 387 tasida o‘quv jarayonlari an’anaviy, 717 tasida esa onlayn shaklda olib borilmoqda.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ko‘ra, sinf xonalarda havo haroratini me’yor darajasida saqlash imkoniyati bo‘lmagani uchun ayrim maktablarda darslar vaqtincha masofaviy shaklga ko‘chirilgan.
«Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tegishli vazirlik va idoralar, hududiy hokimliklar, kommunal xizmati tashkilotlari bilan birgalikda ta’lim muassasalarida o‘qish jarayonlarini tashkil etish yuzasidan barcha zarur choralarni ko‘rib, masofaviy ta’lim shaklida bo‘lgan maktablar ham bosqichma-bosqich an’anaviy shaklga o‘tkaziladi», – deyiladi vazirlik xabarida.
Bundan avvalroq vazirlik mahalliy hokimliklar bilan videokonferensaloqa shaklidagi uchrashuvida maktablarni ob-havo sharoiti barqarorlashgunga qadar vaqtincha onlayn ta’limga o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqqan edi.
Keyinroq hududlar kesimida III chorak qaysi maktablarda onlayn boshlanishi bo‘yicha ro‘yxatlar ma’lum bo‘lgandi.
Toshkent shahri:
- Bektemir tumanidagi 345-, 346-, 347-, 348-sonli maktablar;
- Mirobod tumanidagi 83-, 94-sonli maktablar;
- Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 54-, 209-sonli maktablar;
- Olmazor tumanidagi 1-, 28-sonli maktablar;
- Sergeli tumanidagi 33-, 68-, 269-, 352-sonli maktablar;
- Uchtepa tumanidagi 199-, 251-sonli maktablar;
- Chilonzor tumanidagi 79-, 101-, 114-, 138-, 162-, 163-, 168-, 173-, 178-, 179-, 181-, 182-, 183-, 184-, 188-, 201-, 202-, 232-, 270-, 280-, 281-sonli umumta’lim maktablari, 4-sonli maxsus maktab-internati;
- Shayxontohur tumanidagi 19-, 39-, 59-, 82-, 85-, 92-, 132-, 141-, 167-, 169-, 180-, 186-sonli maktablar;
- Yunusobod tumanidagi 87-, 259-sonli maktablar;
- Yangihayot tumanidagi 2-, 3-, 334-sonli maktablar;
- Yashnobod tumanidagi 145-sonli umumta’lim maktabi, 77-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati.
Namangan viloyati:
- Namangan shahridagi 1-, 7-, 50- maktab;
- Mingbuloq tumanidagi 4-, 25-maktab;
- Pop tumanidagi 1-maktab;
- Norin tumanidagi 1-maktab;
- Chust tumanidagi 74-maktab;
- Chortoq tumanidagi 16-, 49-maktab;
- Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 9-, 10-,15-, 42-, 43-maktab;
- Chust tumanidagi 42-maktab;
- Uchqo‘rg‘on tumanidagi 46-maktab;
- Norin tumanidagi 47-maxsus maktab-internati.
Jizzax viloyati:
- Sh.Rashidov tumanidagi 1-, 3-, 5-, 13-, 14-, 15-, 16-, 23-, 27-, 28-, 29-, 30-, 31-, 32-, 33-, 35-, 36-, 38-, 49-, 55-, 59-sonli maktablar;
- Jizzax shahridagi 16-, 8-, 2-, 11-, 12- va 19-sonli maktablar, Nurli maskan 32-internati;
- Zarbdor tumanidagi 1 va 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari.
Surxondaryo viloyati:
- Angor tumanidagi Nurli maskan ko‘zi ojizlar maktabi;
- Denov tumanidagi 1, 3, 4, 5, 7, 8, 9, 10, 15, 16, 24, 28, 31, 34, 35, 44, 50, 53, 55, 56, 57, 58, 59, 60, 61, 62, 63, 65, 71, 73, 74, 75, 76, 77, 78, 79, 80, 81, 82, 83, 84, 85, 94, 97, 98-sonli maktablar, 2, 10, 11-IDUMlar va 67-SIMI;
- Jarqo‘rg‘on tumanidagi 32-sonli maktab;
- Uzun tumanidagi 2, 4, 5, 12, 27, 28, 31, 36, 63, 64-sonli maktab va 61-IDUM;
- Sho‘rchi tumanidagi 125-sonli maxsus maktab;
- Termiz shahridagi 12-,17-sonli maktablar.
Sirdaryo viloyati:
- Boyovut tumanidagi 4-, 6-, 14-, 17-, 18-, 19-, 23-, 25-, 28-, 29-, 30-, 31-, 35-, 39-, 40-, 42- va 46-sonli maktablar;
- Guliston tumanidagi 1-, 2-, 3-, 7-, 9-, 13-, 15-, 16-, 19-, 22-, 26- va 30-sonli maktablar;
- Mirzaobod tumanidagi 1-, 5-, 10-, 11-, 12- va 24- sonli maktablar;
- Oqoltin tumanidagi 5-, 7-, 9-, 11-, 12-, 15-sonli maktablar;
- Sardoba tumanidagi 3-, 7-, 12- va 14-sonli maktablar;
- Sayxunobod tumanidagi 2- va 17-sonli maktablar;
- Sirdaryo tumanidagi 1-, 7-, 21-, 31-, 41- va 42-sonli maktablar.
Qashqadaryo viloyati:
- Qarshi shahridagi 1, 3, 19, 11, 34-sonli maktablar hamda 18 va 19-sonli maxsus maktab-internatlar;
- Shahrisabz shahridagi 1, 5 va 9-sonli maktablar;
- Dehqonobod tumanidagi 29-sonli maktab;
- Qamashi tumanidagi 8-sonli maktab;
- Qarshi tumanidagi 10 va 12- sonli maktablar;
- Muborak tumanidagi 22-sonli maktab;
- Shahrisabz tumanidagi 15, 16-sonli maktab-internatlar;
- Chiroqchi tumanidagi 19-sonli maktab-internat.
Xorazm viloyati:
- Xiva shahridagi 2-, 3-, 4-, 7-, 8-, 13-, 14-, 15-, 18-, 19-, 21-sonli maktablar;
- Bog‘ot tumanidagi 2-sonli IMI, 92 –sonli IMI, 4-, 21-, 38-, 48-sonli maktablar;
- Tuproqqal’a tumanidagi 2-, 21-sonli maktablar;
- Urganch tumanidagi 5-, 17-sonli maktablar;
- Xonqa tumanidagi 37-, 38-sonli maktablar;
- Shovot tumanidagi 2-, 31-, 41-,46-, 47-, 52-sonli maktablar;
- Yangiariq tumanidagi 2-, 7-, 25-, 37-sonli maktablar;
- Yangibozor tumanidagi 3-, 7-, 8-, 12-, 32-sonli maktablar.
Toshkent viloyatida 886 ta umumta’lim maktablaridan 279 tasiida o‘quv jarayonlari masofaviy olib boriladi. Viloyat hokimligi bu qaysi maktablar ekani bo‘yicha ma’lumot bermagan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 30 ta maktablarda darslar masofaviy shaklda tashkil etilishi xabar qilingan. Ammo bu qaysi maktablar ekaniga aniqlik kiritilmagan.
Farg‘ona, Buxoro, Samarqand va Navoiy viloyatlarida barcha maktablarda darslar an’anaviy tarzda boshlangan. Andijon viloyati bu borada aniq ma’lumot bermagan.
Mavzuga oid
10:25 / 12.12.2024
Maktablarda qishki ta’til 29 dekabrdan boshlanadi
13:28 / 10.12.2024
Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qildi
18:53 / 18.04.2023
«Achinarli va uyatli» - vazir Surxondaryoda ayol o‘qituvchilar kaltaklanishi haqida
15:26 / 17.04.2023