O‘zbek futbol klublari Osiyoning eng yaxshilari safiga kiritildi
«Nasaf», «So‘g‘diyona» va «Paxtakor» 2022 yilgi eng yaxshi klublar reytingidan joy oldi.
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2022 yil yakuniga ko‘ra Osiyoning eng yaxshi 29 ta klubi ro‘yxatini tuzdi.
Reytingda birinchi va ikkinchi o‘rinni Janubiy Koreyaning «Chonbuk Hyonde Motors» va «Ulsan Hyonde» klublari, uchinchi o‘rinni Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi egallab turibdi.
Shuningdek, kuchli beshlikdan «Tegu» (Janubiy Koreya) va Urava Red Daymonds (Yaponiya) klublari ham joy olgan.
O‘zbekiston klublari orasida Qarshining «Nasaf» klubi eng yaxshi natijani qayd qilib, o‘ninchi o‘rinni egallab turibdi. Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubi 14-o‘rinda, Toshkentning «Paxtakor» klubi esa 27-o‘rinda qayd etilgan.
Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston klublari IFFHS reytingigia kiritilmagan.
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) futbol tarixi xronikasini yurituvchi tashkilotdir. U 1984 yilda Germaniyada tashkil etilgan. FIFA ushbu tashkilotni jahon futboli yilnomalariga rahbarlik qiluvchi organ sifatida tan oladi. Shunga qaramay, IFFHS rasmiy futbol tuzilmalari (FIFA va unga a’zo federatsiyalar) bilan rasman bog‘lanmagan.
Mavzuga oid
17:42 / 04.12.2024
«Paxtakor» budjeti 100 milliarddan oshadi». Ortiqxo‘jayev qoniqarsiz natija, yangi murabbiy, Cheran va rejalar haqida
12:00 / 04.12.2024
«Paxtakor» portugaliyalik yangi bosh murabbiyini tanishtirdi
18:13 / 21.11.2024
Shatskix «Paxtakor»dagi vazifasiga qaytgach, Tojiyev, Cheran, Sobirxo‘jayev qaydnomaga ham kiritilmadi
13:50 / 02.11.2024