O‘zbekiston | 11:41 / 28.01.2023
34617
1 daqiqa o‘qiladi

Norin daryosi qirg‘og‘i yemirildi. Ramatov va Qo‘ldoshev uni mustahkamlashga boshchilik qilyapti

Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov va favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev boshchiligida Norin daryosining yemirilgan qismi mustahkamlanmoqda.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Namangan viloyatining Norin tumanidan oqib o‘tuvchi Norin daryosining chap qirg‘og‘i yemirildi. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, FVV xodimlari FVDT xizmatlari kuch va vositalari bilan hamkorlikda dambani tiklash ishlariga kirishdi.

Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov va favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev boshchiligida daryoning yemirilgan qismida qirg‘oq mustahkamlash ishlari davom ettirilmoqda. 

Xususan, ushbu tadbirlarga 112 ta maxsus texnika vositalari jalb etilgan bo‘lib, damba qirg‘oqlarini mustahkamlash maqsadida 990 kub metr xarsangtosh va 765 kub metr shag‘al ishlari amalga oshirildi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, vaziyat nazoratga olingan va dambani mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan barcha vositalar yetkazib berilmoqda.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Mavzuga oid