Jahon | 23:47 / 30.01.2023
17180
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagon gipertovushli raketa muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganini e’lon qildi

Lockheed Martin kompaniyasining raketasi barcha maqsadlarga erishgan.

Foto: Lockheed Martin

AQSh harbiylari gipertovushli raketaning muvaffaqiyatli sinov parvozini amalga oshirdi. Bu haqda Pentagon bayonotiga tayanib, RIA Novosti xabar berdi. 

AQSh Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, raketa o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarini bajargan. «Lockheed Martin raketasining havo-reaktiv gipertovushli dvigateliga ega versiyasi barcha asl maqsadlarga erishdi va dasturni yakunladi», deyiladi xabarda. 

Qayd qilinishicha, bu gipertovushli havo-reaktiv quroli (HAWC) loyihasining yakuniy test sinovi bo‘lgan. U AQSh Harbiy havo kuchlari va Pentagonning Istiqbolli tadqiqot loyihalari agentligi (DAPRA) tomonidan o‘tkazilgan. 

Sinov doirasida raketa 60 ming fut (18,3 km) balandlikda 5 Max (6125 km/s) tezlikni namoyish etib, 300 dengiz mili (555,6 km) masofasiga uchib borgan.

Mavzuga oid