Lolagul Qallixanova va yana uch kishi ozodlikka chiqarildi
Sudda ayblanuvchilardan to‘rt kishiga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan va ular sud zalidan ozodlikka chiqarilgan.
31 yanvar kuni kuni Buxoro viloyati sudida o‘tgan yil yozida Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan tartibsizliklarda qatnashgan 22 kishiga nisbatan hukm e’lon qilishni boshladi.
Raislik qiluvchi sudya Ye. Abibullayev ayblanuvchilar Lolagul Qallixanova, Azamat Turdanov, Ahmad Ismatullayev va Azamat Nuratdinov sud zalidan ozodlikka chiqarilishini e’lon qildi. Kun.uz muxbirining xabar berishicha, A.Turdanov, A.Ismatullayev va A.Nuratdinovga 4 yilu 5 oy ozodlikni cheklash jazosi, 8 yilga ozodlikdan mahrum qilingan L.Qallixanovaga esa sinov muddati bilan 3 yillik shartli jazo tayinlangan.
Jurnalist Qallixanova uyushgan guruhga birlashib, ijtimoiy tarmoqlar orqali separatizm (ayirmachilik) g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, aholini ommaviy tartibsizlikka da’vat qiluvchi materiallarni tarqatib kelganlikda ayblangandi.
Prokuror unga 11 yillik qamoq jazosi so‘ragandi.
Sud hukmiga ko‘ra, Lolagul Qallixanova JKning 159-moddasi 4-qismi, 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi «a», «b», «g» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qo‘llanilib, JKning 59-moddasi tartibida 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, JKning 62-moddasiga asosan dastlabki qamoqda o‘tirgan 6 oy 24 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, o‘tash uchun 7 yil 5 oy 6 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoldirilib, JKning 72-moddasi qo‘llanilib, jazo 3 yil sinov muddati bilan shartli deb belgilanib, sud zalida qamoqdan ozod qilindi.
Mo‘ynoq tumanidagi 9-maktab o‘qituvchisi, bloger bo‘lgan Nuratdinov 2 iyul kuni Qonliko‘l tumanida odamlarni ommaviy tartibsizliklarga da’vat qiluvchi materiallarni tarqatib kelib, ommaviy tartibsizliklarda yetakchilik qilgan.
Sud hukmiga ko‘ra, u JKning 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qo‘llanilib, JKning 59-moddasi tartibida 5 yil, JKning 62-moddasiga asosan dastlabki qamoqda o‘tirigan 6 oy 13 kuni chegirilib, o‘tash uchun 4 yil 5 oy 17 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosiga sudlandi.
Chimboy tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiysi Ahmad Ismatullayev 1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlaridan odamlarni ommaviy tartibsizliklarga jalb qilgan va o‘zi ham faol ishtirok etib, Tajimuratovni qo‘llab-quvvatlashda ayblangan.
Sud hukmiga ko‘ra, u JKning 159-moddasi 4-qismi bilan aybsiz deb topildi va oqlandi, JKning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qo‘llanilib 5 yil, JKning 62-moddasiga asosan dastlabki qamoqda o‘tirigan 6 oy 22 kuni chegirilib, o‘tash uchun 4 yil 5 oy 8 kunga ozodlikni cheklash jazosiga sudlandi.
Nukus olimpiya zaxiralari kolleji direktori bo‘lgan Azamat Turdanov 1-2 iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarda sportchilar ishtirok etishini ta’minlagan va Tajimuratovni yelkasiga o‘tkazib, Jo‘qorg‘i Kengesni egallash maqsadida olib borgan.
U JKning 159-moddasi 4-qismi bilan aybsiz deb topildi va oqlandi, JKning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 45, 57-moddalari qo‘llanilib 3 yil mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil, JKning 62-moddasiga asosan dastlabki qamoqda o‘tirgan 6 oy 25 kuni chegirilib, o‘tash uchun 4 yil 5 oy 5 kun ozodlikni cheklash jazosiga sudlandi.
Mavzuga oid
15:50 / 25.11.2024
Janubiy Koreyada armiyadan bo‘yin tovlash uchun atay semirgan fuqaro qamaldi
16:20 / 05.06.2024
19 yoshida 18 yillik qamoq – Qoraqalpog‘istonda bosqinchilik va qotillik qilgan yigitga hukm o‘qildi
22:38 / 18.05.2024
Toshkentda ushlangan jinoiy guruh a’zolariga sud hukmi o‘qildi
15:23 / 27.02.2024