Jahon | 00:02 / 03.02.2023
21236
2 daqiqa o‘qiladi

40 yil ichida birinchi yangi antibiotik ishlab chiqildi

Gepotidatsin siydik yo‘llari infeksiyasini samarali davolashi kutilmoqda.

Foto: Freepik

GSK kompaniyasi siydik yo‘llari infeksiyalarini davolash uchun mo‘ljallangan gepotidatsin antibiotikini savdoga chiqarishga yaqin. Hozirgi antibiotiklar bu kasallikka qarshi samarasiz, deb xabar berdi Daily Mail nashriga tayanib Gazeta.ru.

O‘n yildan ko‘proq vaqt davomida ishlab chiqilgan gepotidatsin agar tasdiqlansa, deyarli 40 yil ichida yaratilgan birinchi antibiotik bo‘ladi.

Siydik chiqarish yo‘llari infeksiyasining belgilari odatdagidan ko‘ra tez-tez hojatxonaga borganda keskin og‘riq va siydik pufagi bo‘sh bo‘lganida hojatxonaga borish kerakligini his qilishni o‘z ichiga oladi. Ko‘pincha infeksiya ayollarda rivojlanadi va zamonaviy antibiotiklar unga qarshi samarasiz.

Gepotidatsin boshqa bir qator kasalliklarni, jumladan, antibiotiklarga o‘ta chidamli infeksiyalardan biri hisoblangan gonoreyani davolash uchun ham ishlatilishi kutilmoqda.

Dorini ishlab chiqaruvchi GSK farmatsevtika kompaniyasi 2023 yil bahorida uni savdoga chiqarish uchun ruxsatnoma olishni rejalashtirmoqda.

Mavzuga oid