O‘zbekiston | 11:39 / 04.02.2023
14466
1 daqiqa o‘qiladi

Angrenda qalbaki 100 ming so‘mliklarni tayyorlab, yarim bahosida sotganlar ushlandi

Angren shahar ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro 1 500 000 so‘m qalbaki pullarni 400 ming so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Foto: Toshkent viloyati IIBB

Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor surishtiruvlar davomida, bir biriga ulanib ketgan mazkur «jinoyat zanjiri» uzilib, ishga aloqador bo‘lgan yana 4 nafar (29-47 yoshli) shaxslar protsessual tartibda qo‘lga olindi.

Ulardan yana qiymati 1 500 000 so‘mga teng bo‘lgan qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuralar va rangli printer daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olingan.

Aniqlanishicha, ushbu shaxslar tomonidan, avvalroq ham 5 000 000 so‘mga teng bo‘lgan qalbaki pul kupyuralari chop etilgan.

Hozirda holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid