O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasidagi qamishzorlarga rejali ravishda o‘t qo‘yilmoqda
Bu choralar zararkunanda hasharotlar ko‘payishi va yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan.
O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasida rejali yoqish ishlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahri atrofida kuchli yong‘in yuz bergani tasvirlangan fotosuratlar tarqalgan edi.
Qayd etilishicha, Amudaryo orolchalaridagi qamishzorlarda turli kasalliklar tashuvchisi hisoblangan zararkunanda hasharotlar ko‘payishi va yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish uchun rejali tartibda o‘t qo‘yish ishlari olib borilmoqda.
«Tadbir mutasaddi idoralar ruxsati hamda mas’ul organlarning o‘zaro kelishuvi asosida amalga oshirilib, orolchalardagi yong‘in ko‘lami to‘liq nazoratga olingan», deyiladi xabarda.
Tadbir belgilangan rejaga muvofiq olib borilayotgani aytilgan va fuqarolardan ortiqcha vahimaga berilmaslik so‘ralgan.
Mavzuga oid
21:23 / 28.12.2024
Pokiston-Afg‘oniston chegarasida janglar boshlandi
19:50 / 28.12.2024
O‘zbekistonlik shifokorlar Afg‘onistonda 1300 nafardan ziyod insonlarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.
11:40 / 28.12.2024
Surxondaryoda 15 yoshli qizini doimiy tarzda kaltaklab kelgan ayol aniqlandi
16:43 / 27.12.2024