Oleksiy Danilov: «Ukrainaning haqiqiy g‘alabasi – Rossiyaning parchalanishi»
Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Oleksiy Danilov «Ukrainskaya pravda» nashrida e’lon qilingan maqolasida bugungi Rossiya va uning kelajagi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Rossiya bilan urush olib borayotgan davlatning xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rossiya hozirgi ko‘rinishida mavjud bo‘lib qolmasligiga urg‘u bergan. Maqoladagi asosiy fikrlar quyidagilardan iborat:
«Rossiya – nafaqat Ukrainaning muammosi. Qorason kabi tarqalgan bu muammo butun dunyoga tahdid solmoqda».
«Rossiya butun asrlar davomida bunday davlat huquq va erkinliklarni hurmat qila oladigan, umuminsoniy qadriyatlarni tan oladigan demokratik davlat bo‘la olmasligini isbotlab kelmoqda».
«Putinizm mafkurasi – zamonaviy fashizm shakli (rashizm) bo‘lib, uning bosh mafkurasi irqiy ustunlikka asoslangan».
«Rossiya ayni paytda mavjud bo‘lib turgan chegaralarda va shaklda saqlanib qolmasligi kerak. Rossiyaga xos bosqinchilik instinkti xavfi batamom yo‘qolishi uchun u transformatsiyaga duchor qilinishi lozim».
«Rossiya Ukrainaga va jahonga tahdid qilayotgan barcha narsalardan mahrum etilishi lozim».
«Avval tashqi, so‘ngra ichki mustamlakachilikdan xalos qilishning to‘liq sikli yakunlanidan so‘ng va hududida bir qator mustaqil davlatlar shakllantirilgach, Rossiya insoniyatga tahdid bo‘la olmay qoladi».
«Jahon toki o‘rta asrlarda qolib ketgan va barchani xurofot tomon yetaklayotgan Rossiya ko‘rinishidagi eski va zanglagan toshni oyog‘ida sudrab yurar ekan, gen injyeneriyasi, sun’iy intellekt, yulduzlar tomon uchish, hayot va o‘lim sirlari ochiladigan kutayotgan kelajak tomon harakat qila olmaydi».
«Rossiyani xavfsiz ko‘rinishda demontaj qilish borasidagi suhbatlar qanchalik tez boshlansa, butun jarayon shunchalik tez va og‘riqsiz o‘tadi».
Mavzuga oid
21:53
Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy urushda g‘alaba qozonmoqda - The Economist
21:15
Ukraina bo‘ylab bayram kechasi yopirilma zarbalar yo‘llandi
16:21
Rossiyadagi KXDR harbiylari: ular qanday jang qiladi va dezertirlik qilishi mumkinmi?
11:00