Jamiyat | 17:12 / 14.02.2023
26488
2 daqiqa o‘qiladi

Nomi va joylashuvi ajoyib qishloq - Omonqo‘ton | Manzil

“Manzil” jamoasi O‘zbekistonning g‘aroyib go‘shalarini ko‘rsatishda davom etadi. Namangandan boshlangan sayohatimiz Samarqandning Urgut tog‘lari orasida joylashgan Omonqo‘ton qishlog‘i, Qashqadaryoning Langari, Surxonning Boysunidan o‘tadi. Bu ko‘rsatuvda birinchi manzil – Omonqo‘ton qishlog‘ini tanishtiramiz.

Omon qolgan chorva qo‘rasi nomini beruvchi Omonqo‘ton qishlog‘i Samarqandni Qashqadaryo bilan bog‘lovchi Taxtaqoracha dovoni boshlanishida joylashgan.

Qishloq ahli chorvachilik va dehqonchilik, shu bilan birga, bog‘dorchilik bilan shug‘ullanadi. Tog‘ yonbag‘rida joylashgani uchun yoz oylari markazdan va havosi issiq tumanlardan qishloqqa keluvchilar ko‘payadi.

Samarqand hududida topilgan eng qadimiy yodgorliklardan biri Omonqo‘ton g‘or makoni hisoblanadi. Bu yerga keluvchi sayyohlar g‘orga 50-60 metrgacha kirishadi.

1948 yilda Omonqo‘ton g‘orida olib borilgan qazish ishlari natijasida Teshiktoshdagiga o‘xshash fauna aniqlangan.

Atrofda daraxtlar shu darajada ko‘pki, yoz oylari kelgan odam o‘zini o‘rmon ichidan o‘tgandek his qiladi. Aslida bu joy haqida ko‘p eshitgandan, bir marta borib ko‘rgan yaxshi.

Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun maxsus

Mavzuga oid