Germaniya tashqi ishlar vaziri Putinni Ukrainaga nisbatan «360 daraja burilish»ga chaqirdi
Annalena Berbok Rossiya prezidentini «180 daraja burilishga» chaqirishni nazarda tutgan, ammo yanglishib ketgan.
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «360 daraja burilish»ga chaqirdi. Uning Myunxen xavfsizlik konferensiyasidagi bayonotiga ko‘ra, shundan keyingina Ukraina xavfsiz bo‘ladi. Avstriyaning eXXpress tabloidi bu so‘zlarni baholab, Berbok xonim ehtimol 180 daraja burilishni nazarda tutganini yozdi, chunki 360 graduslik burilish asl holatiga qaytaradi.
«Ukraina faqat Rossiya Federatsiyasi prezidenti 360 graduslik burilish qilsagina xavfsiz bo‘ladi», dedi Annalena Burbok. «Prezident Putin buni hal qilishda erkindir», deb qo‘shimcha qildi Germaniya tashqi ishlar vazirligi rahbari.
Mavzuga oid
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
07:50 / 24.12.2024
Anapa aholisi mazut to‘kilishi sababli Putinga murojaat bilan chiqdi
14:14 / 23.12.2024
Kremlda Putin va Slovakiya bosh vaziri o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
10:43 / 23.12.2024