Toshkentda 35 tup daraxt noqonuniy kesilishi oqibatida tabiatga qariyb 200 mln so‘m zarar yetkazildi
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 35 tup daraxt noqonuniy kesilishi oqibatida tabiatga qariyb 200 million so‘m zarar yetkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, 17 fevral kuni tumandagi “M.T.” MChJga ijaraga berilgan 5000 kvadrat metr hududdagi 35 tup daraxt maxsus qasddan nobud qilingan. Oqibatda o‘simlik dunyosiga 196 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 198-moddasi (ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:12 / 07.12.2024
Toshkentda yana “snos” masalasi: odamlar va’da qilingan uylarni ololmayapti
18:18 / 12.11.2024
Jahonda 10 yil davomidagi tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zarar 2 trillion dollardan oshdi
16:17 / 07.11.2024
“Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarning 60 foizi ko‘mir, rezina shinalar yoqyapti” – Ekologik partiya
23:00 / 04.11.2024