O‘zbekiston | 13:54 / 20.02.2023
6671
2 daqiqa o‘qiladi

Saken Po‘latov Orient Finans Bank aksiyalarining nazorat paketi egasiga aylandi

Orient Finans Bank aksiyadorlari o‘z aksiyalarini 52,5 foiz ulushini jamoaviy nazorat qiluvchi sotib olishda imtiyozli huquqidan foydalangan aksiyadorlarga sotdi. Bu haqda bank xabarida aytilgan. 

Saken Po‘latov

Ma’lum qilinishicha, bitimlar natijasida Saken Po‘latov 57,15 foiz ulush bilan nazorat paketi egasiga aylandi. 

«Saken Po‘latov Orient Finans Bank hammuassislaridan biri bo‘lgan va bankning biznes jarayonlarini batafsil tushunib, uning ishida faol ishtirok etadi», deyiladi bank xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, 2010 yildan 2020 yilgacha u Orient Finans Bank Kuzatuv kengashi raisi lavozimida ishlagan. 

O‘z navbatida, Sitora Ahmadjonova o‘z ulushini 28 foizga oshirgan. Yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan boshqa minoritar aksiyalar o‘zgarishsiz qolgan. 

Spot nashri xabariga ko‘ra, Payzullajon Mirzayev bank aksiyadorlari ro‘yxatidan chiqdi. 2021 yilda u Po‘latov bilan bankdagi yirik ulushlarga ega bo‘lgan – bitimdan so‘ng ularning har birining ulushi 22,49 foizni tashkil etgan. 

Saken Po‘latov 1975 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. U bir necha yil sport sohasida, jumladan Toshkentning «Lokomotiv» futbol klubi tizimida faoliyat olib borgan. Saken Po‘latov 2019 yildan beri O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari hisoblanadi.

Mavzuga oid