Yashnobodda bolani o‘g‘irlamoqchi bo‘lgani aytilgan shaxs qo‘lga olingan
Toshkent shahar IIBB bola ayni paytda ota-onasining yonida sog‘-salomat holatda ekanini ma’lum qilgan.
Telegram-kanallarda noma’lum erkak yosh bolaning qo‘lidan ushlab maktab hududidan chetga olib chiqmoqchi bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Voqeaga guvoh bo‘lib qolgan maktab yaqinidagi ko‘p qavatli uyda yashovchi ayol “Bolani qo‘yib yubor”, deb baqirgach, erkak harakatdan to‘xtaydi. Videoda erkakning changalidan xalos bo‘lgan bola maktab tomonga yugurib ketgani, noma’lum shaxs esa voqea joyidan tezda uzoqlashgani aks etgan.
Toshkent shahar IIBB muhokamalarga sabab bo‘layotgan holat yuzasidan bayonot berib, bola hamda uning yo‘lini to‘sgan erkakning shaxsi aniqlanganini ma’lum qildi.
“19 fevral kuni taxminan soat 12:35 larda Yashnobod tumani Aviasozlar-2 dahasidagi 151-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida noma’lum shaxs shu maktab o‘quvchisi 2011 yilda tug‘ilgan M.O.ni to‘xtatib, qo‘lidan ushlab: “Shu maktabda tahsil olasanmi?” – deb so‘ragan.
Voyaga yetmagan M.O. ushbu shaxsni tanimagani sababli u bilan gaplashmasligini bildirib, qo‘yib yuborishini aytgan, so‘ng uyiga ketgan. Bola hozirda ota-onasining yonida sog‘-salomat holatda.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. O‘rganishlar jarayonida videoda aks etgan shaxs 1994 yilda tug‘ilgan M.U. ekani aniqlangan. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyiladi rasmiy munosabatda.
18 fevral kuni ham Toshkentda bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan, Toshkent shahar IIBB axborot xizmati ushbu xabarlar asossiz ekani, ularga ishonmaslikni, bu kabi yolg‘on xabarlarni tarqatgan shaxslarni aniqlash yuzasidan tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qilgandi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtning Uchtepa va Shayxontohur tumanlarida, shuningdek, Samarqand viloyatida maktab o‘quvchilari o‘g‘irlab ketilgani haqida ovozli xabarlar tarqalgan, biroq Toshkent shahrida sodir bo‘lgani aytilgan holatlar yolg‘on bo‘lib chiqqan, Samarqandda esa o‘quvchi qizning qulog‘idagi ziragi o‘g‘irlab ketilgani aniqlangandi.
2022 yilning aprelida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan poytaxt maktab va bog‘chalarida bir kun ichida 5 nafar bola o‘g‘irlab ketilgani haqidagi xabarlar ham rad etilgandi.
Mavzuga oid
12:12 / 27.11.2024
“Hech qanday ruhiy buzilish holatlari aniqlanmadi” – 3 yoshli bolaning qotili sog‘lom deb topildi
11:44 / 30.10.2024
3 yoshli bolaning qotili Jinoyat kodeksining 5 ta moddasi bilan ayblanmoqda
21:55 / 11.07.2024
“Er-xotin alamini boladan olishgan” - Yashnoboddagi mudhish qotillik haqida nimalar ma’lum?
10:04 / 11.07.2024