Yevropa Ittifoqi «Rosatom»ga qarshi hozircha sanksiyalar kiritmaydi
«Rosatom»ga qarshi sanksiyalar Yevropa Ittifoqida Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi bir yilligi munosabati bilan tayyorlanayotgan o‘ninchi paketga kiritilmaydi, dedi Yevropa Ittifoqi bosh diplomati Jozep Borrel.
Rossiya atom sanoatiga nisbatan jazo choralari Yevropa Ittifoqida tayyorlanayotgan o‘ninchi sanksiyalar paketiga kiritilmaydi. Bu haqda 20 fevral, dushanba kuni YeI Tashqi ishlar kengashining Bryusselda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida YeI oliy diplomati Jozep Borrel ma’lum qildi.
Yangi sanksiyalar Rossiyaning Ukrainaga keng miqyosli bosqinining bir yilligi oldidan e’lon qilinadi, dedi Borrel, ammo choralar hali tasdiqlanmagan. Shuning uchun u bu paketga Rossiya olmoslariga embargo kiritilishi yoki kiritilmasligini bilmasligini aytdi. Bryussel diplomatik doiralarida bu borada turlicha fikrlar bildirildi.
Borrelning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalarning o‘ninchi paketi albatta elektronika, ixtisoslashtirilgan transport vositalari, yengil avtomobillar, samolyotlar, yuk mashinalari uchun ehtiyot qismlar, antennalar va kranlar kabi harbiy maqsadlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan qurilish mahsulotlari, ikki maqsadli tovarlar, xususan, elektron komponentlar, texnologiyalar, nodir materiallar, termokamerlarni o‘z ichiga oladi.
Avvalroq Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen yangi jazo choralari Rossiya tovarlariga embargo qo‘yishni va bu Rossiya budjetiga 11 milliard yevro miqdorida zarar yetkazishini va’da qilgan edi.
Mavzuga oid
22:44 / 22.12.2024
YeI Ukrainaga qarshi boshlangan urushga uch yil to‘lishi munosabat bilan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlamoqda
21:05 / 22.12.2024
Qatar Yevropaga gaz yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi
16:46 / 16.12.2024
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 15-paketini qabul qildi
22:41 / 11.12.2024