Buxoro viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi
Joriy yilning 24 fevral kuni ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov tomonidan Buxoro viloyatida ichki ishlar organlarining xizmat faoliyatiga oid tezkor yig‘ilish o‘tkazildi
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga polkovnik Mirjamol Miralimov tayinlandi.
Tayinlovga qadar M.Miralimov IIV Tezkor-qidiruv departamentida boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Bundan tashqari, Mirjamol Miralimov Toshkent shahar Mirobod tumani IIO FMB boshlig‘i sifatida ham ishlagan.
Avvalroq Buxoro viloyati IIB boshlig‘i sifatida ishlab kelgan Shuhrat Aliyev Namangan viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlangandi.
Mavzuga oid
17:03 / 15.12.2024
Buxoroda haydovchi mast holda avtobus boshqarib, odam tashiyotganda ushlandi
15:29 / 03.12.2024
Buxoro shahrining tarixiy qismida mototsikl va skuter kabilarning harakati cheklandi
11:04 / 02.12.2024
2025 yilda Rossiya shahrida Buxoro madaniyati kunlari o‘tkaziladi
17:27 / 30.11.2024