O‘zbekiston | 17:43 / 27.02.2023
35339
2 daqiqa o‘qiladi

Xorazm viloyatiga prokuror tayinlandi

U bungacha Farg‘ona viloyati prokurori o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Foto: Xorazm viloyati hokimligi

27 fevral kuni Xorazm viloyat sektorlari, huquqni muhofaza qilish idoralari va davlat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev, Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Jo‘rabek Rahimov qatnashdi.

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, yig‘ilishda Murodxon Musoxonovich Ahmedov Xorazm viloyati prokurori lavozimiga tayinlangani ma’lum qilindi.

Foto: Xorazm viloyati hokimligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev so‘zga chiqib, viloyatda fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilikka qarshi kurash borasida amalga oshirilgan ishlar  xususida to‘xtaldi va galdagi vazifalar belgilab olindi.

Ma’lumot uchun, adliya katta maslahatchisi Murodxon Ahmedov bungacha Farg‘ona viloyati prokurori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil oktyabridan buyon Xorazm viloyati prokurori lavozimida ishlagan Botir Qudratxo‘jayev 2022 yil noyabrida O‘zbekiston Harbiy prokurori lavozimiga o‘tgandi.

Mavzuga oid