Namangan viloyatidagi gaz to‘ldirish shoxobchalari faoliyati to‘xtatilmaydi
Ularning ish faoliyati uzluksizligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqda Namanganda gaz quyish shoxobchalari faoliyati 2-3 kunga cheklanadi mazmunidagi xabar tarqalgan edi.
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, bu mutlaqo asossiz bo‘lib, bugungi kunda nafaqat Namangan viloyatida, balki respublika bo‘yicha gaz to‘ldirish shoxobchalari faoliyati to‘xtatilishi ko‘zda tutilmagan.
«Hozirda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlari yetarli bosimda tabiiy gaz ta’minotiga ega bo‘lganligi uchun gaz to‘ldirish shoxobchalari faoliyatini to‘xtatishga ehtiyoj mavjud emas», deyiladi xabarda.
Avvalroq, Farg‘ona vodiysidagi gaz shoxobchalarining ishlash vaqti bosqichma-bosqich uzaytirilib, 14-15 soatga (soat 7:00 dan 21:00 gacha) yetkazilgani, yaqin kunlarda ish faoliyatining uzluksizligini ta’minlash choralari ko‘rilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
07:34 / 23.12.2024
40 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
09:35 / 10.12.2024
Birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmi ikki barobar oshiriladi
15:25 / 06.12.2024
Turkmaniston O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni ko‘paytiradi
19:04 / 02.12.2024