Jamiyat | 01:34 / 01.03.2023
45363
2 daqiqa o‘qiladi

Pedagog bolani kitob o‘qishga qiziqtirishning samarali usulini aytdi

Bu usul allaqachon o‘ylab topilgan.

Foto: iStock

Bolani mutolaaga qiziqtirish uchun kattalar unga kitobni ovoz chiqarib o‘qib berishi kerak. Bu haqda Moskva pedagogika universiteti (MPU) pedagogi, «Bolalar kitobi kattalarning mutolaasi doirasida» loyihasi rahbari Yekaterina Asonova maslahat berdi.

«Bu kattalar uchun ham yaxshi, chunki ular bolalikka sho‘ng‘ib ketishi mumkin. Bolalar uchun ham yaxshi, chunki kitob o‘qiyotgan ota-onasi o‘zi bilan birga ekanidan xursand bo‘lishadi. Demak, bolalarni kitoblarga qiziqtirish yo‘li allaqachon o‘ylab topilgan va aytishim kerakki, bu samarali», dedi ekspert.

Bolalar mutolaasi bo‘yicha mutaxassis bunday mashg‘ulot paytida kattalar qiziqarli kashfiyotlar qilishi mumkinligini ta’kidladi: masalan, ular bolalikda o‘zi uchun qiziq bo‘lib tuyulgan muallif zerikarli va hatto murakkab bo‘lib qolganini sezishi mumkin. Bundan tashqari, «tanish kitobni qayta o‘qish paytida nozik xotiralar afsusga aylanishi mumkin». Asonova so‘zlariga ko‘ra, bunday reaksiya normal. Pedagog agar shunday vaziyat yuz bersa, kitobni chekkaga surib qo‘yishni tavsiya qildi.

«Balki bola keyinchalik uni o‘zi o‘qib chiqishi va mag‘zini chaqib olishi mumkin», dedi u.

Mavzuga oid