Samarqandda o‘quvchini urib quloq pardasini yirtib yuborgan direktorga hukm o‘qildi
Sobiq direktor Jinoyat kodeksining 206-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilgan.
Samarqand viloyati Urgut tumanida o‘quvchini urib, uning quloq pardasini yirtib yuborgan maktab direktoriga sud hukmi o‘qilgan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar bermoqda.
Hodisa 2022 yil 12 oktyabr kuni Urgut tuman XTBga qarashli 61-maktabda sodir bo‘lgan. Maktab direktori 6-sinf o‘quvchisini paqildoq otishda ayblab urgan, oqibatda bolaning quloq pardasi yirtilib ketgan.
Hodisa yuzasidan munosabat bildirgan viloyat XTB direktor bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganini xabar bergandi.
Viloyat IIB axborot xizmati esa direktor o‘quvchini urib mansab vakolati doirasidan chetga chiqqani sababli unga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgandi.
Qayd etilishicha, sud sobiq direktorni Jinoyat kodeksining 206-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismi bilan uch yilga ta’lim sohasida mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan.
Bundan tashqari, unga nisbatan 2 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Mavzuga oid
21:28 / 18.12.2024
Guliston IIB TB fuqarolik nizosidan jinoyat ishi “yasadi”. Tergovchi yangi yilni issiq uyida, 50 yoshli ayol esa Rossiya hibsxonasida kutib oladimi?
21:02 / 12.12.2024
Yangiyo‘lda 5 bolani bosib ketib, ikki nafarining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi axloq tuzatish jazosini oldi
15:29 / 11.12.2024
Moskvadagi harbiy sud terrorizm bo‘yicha deyarli barcha ishlarni yashirdi
17:49 / 06.12.2024