O‘zbekiston | 18:05 / 07.03.2023
12192
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

UZTELECOM bilan bahoriy yangilanishlar mavsumi

Foto: UZTELECOM

2023 yil 1 martdan boshlab UZTELECOM jamoasi mobil internet tezligini oshirish va butun mamlakat bo‘ylab 5G texnologiyasini joriy etishga qaratilgan tarmoqni modernizatsiya qilish loyihasini boshlamoqda. Loyiha doirasida mavjud tayanch stansiyalari modernizatsiya qilinadi va yangilari o‘rnatiladi.

Bugun har birimiz bahorning boshlanishi va issiq kunlar kelgani bilan quvonamiz. Ular bilan birga hayotimizga yoqimli o‘zgarishlar va yangilanishlar kirib keladi. Shu sababli UZTELECOM mobil aloqa tarmog‘ini modernizatsiya qilishga qaratilgan «Yangilanish mavsumi» keng ko‘lamli loyihasini ishga tushirmoqda. Loyihadan butun mamlakat bo‘ylab 3 000 dan ortiq mavjud tayanch stansiyalarini eng so‘nggi texnologiyalar bo‘yicha yangilash, shuningdek, 2 000 dan ortiq yangi tayanch stansiyalarini qurish va ishga tushirish maqsad qilingan. Bu O‘zbekiston bo‘ylab mobil aloqa sifatini yaxshilash, LTE standartidagi mobil internet tezligini hamda uning qamrovini oshirish imkonini beradi

Loyihaning muhim bosqichi qator tayanch stansiyalarini 5G standartiga yangilash jarayoni bo‘ladi, natijada UZTELECOM mobil aloqa abonentlari beshinchi avlod tezligida mobil internetdan bemalol foydalanishlari mumkin. Ta’kidlash joizki O‘zbekistonda birinchi marta flagman smartfonlar, jumladan, iPhone egalari 5G texnologiyasidagi mobil internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. UZTELECOM O‘zbekistonda mazkur qurilmalar foydalanuvchilariga beshinchi avlod aloqa imkoniyatlaridan foydalanish imkonini beruvchi birinchi operator bo‘ladi. 

Qayd etish joizki, 5G aloqalarining sinovdan o‘tkazilishi 2019 yilda bo‘lib o‘tdi. Bu kompaniya tarmog‘i evolyutsiyasi va butun mamlakat bo‘ylab yangi avlod texnologiyalarini joriy etish yo‘lidagi yana bir qadam bo‘ldi.

Ayni damda 5G tarmog‘i negizida muvaffaqiyatli boshlangan «Aqlli qishloq xo‘jaligi» loyihasini qayd etishimiz mumkin. U 2021 yil sentabr oyida joriy etilgan bo‘lib, mazkur loyiha 5G biznes va jamiyat uchun naqadar foydali ekanini, tarmoqlar va aqlli texnologiyalarning o‘zaro ishlashini ta’minlashini ko‘rsatdi.

Shuningdek, turizm salohiyatini yanada oshirish maqsadida Samarqand shahrida 5G tarmog‘i ishga tushirilgan.

Loyihaning birinchi bosqichida 5G tarmog‘i bilan Toshkent shahrini to‘laqonli qamrab olish, shuningdek, respublikamiz viloyat markazlari qisman qamrab olinishi ta’minlanadi. Ishlar yakuniga etgach, respublika bo‘ylab 5G texnologiyasini joriy etishning keyingi bosqichlari tahlil qilinadi.

Qayd etilishicha, mavjud tayanch stansiyalarini modernizatsiya qilish bilan bog‘liq ishlar ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatiga qisqa muddatli ta’sir o‘tkazishi mumkin. Kompaniya tomonidan muntazam ravishda rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda texnik ishlar olib boriladigan manzillar haqida ma’lumot taqdim qilib boriladi.

GSM standartidagi mobil aloqa xizmatlari yo‘lga qo‘yilganidan buyon shu kungacha UZTELECOM o‘z abonentlariga yuqori sifatli mobil aloqa va LTE texnologiyasida mobil internet xizmatlarini taklif etib, ularni mamlakatimizning har bir fuqarosi uchun qulay qilishga harakat qilib kelmoqda. Shu bois kompaniya o‘zining texnik infratuzilmasini yaxshilash, butun respublika bo‘ylab tarmog‘ini rivojlantirish ustida doimiy ish olib bormoqda.

«Mamlakatdagi eng yirik telekommunikatsiya operatori sifatida bizning asosiy maqsadimiz hamma uchun ochiq bo‘lishdir. Bu kompaniyaning barcha xizmatlariga taalluqli: uy telefoni va simli Internetdan tortib mobil aloqa va bulutli xizmatlargacha. Biz mamlakatimizning eng chekka hududlaridagi aholi barcha telekommunikatsiya xizmatlaridan qulay foydalanishi uchun optik tolali aloqa tarmog‘i hamda tayanch stansiyalarini qurmoqdamiz. Shu sababli tarmoq sig‘imi oshirishga qaratilgan mobil aloqa tarmog‘ini modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Bu, o‘z navbatida, LTE standartidagi mobil internet tezligini oshiradi, mobil tarmoq qamrovini kengaytiradi, bu esa yanada ko‘proq odamlarga bir vaqtning o‘zida tezkor, sifatli hamda hamyonbop mobil internetdan uzluksiz foydalanish va eng yangi avlod kommunikatsiyalarini joriy etish imkonini beradi» - dedi kompaniya vakili.

Reklama

Mavzuga oid