O‘zbekiston | 15:08 / 08.03.2023
54391
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent-Moskva reysi bortida yo‘lovchilar o‘rtasida janjal kelib chiqdi

Layner qo‘nganidan so‘ng 210 yo‘lovchi samolyotda to‘rt soatga qolib ketgan. Bir necha soatdan keyin bortda janjal kelib chiqqan.

Foto: Videodan kadr

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining 7 mart kuni kechqurun Toshkentdan uchgan 601-reysi Domodedovoga qo‘nishi kerak bo‘lgan. Biroq, aeroport uzra ikki marta aylanib, u Vnukovoga yo‘naltirilgan. Rasmiy sabab - ob-havo sharoitining keskin yomonlashishi.

Layner qo‘nganidan so‘ng 210 nafar yo‘lovchi samolyotda to‘rt soatga qolib ketgan. Bir necha soatdan keyin bortda janjal boshlangan. Bort kuzatuvchilari odamlarni ajratishga majbur bo‘lgani aytiladi.

Yo‘lovchining so‘zlariga ko‘ra, styuardessalar savollarga javob berishdan qochgan, e’tibor bermagan yoki ovozini balandlatgan. Aeroport ma’muriyati esa odamlarni tashish uchun avtobuslar berishdan bosh tortgan.

Shuningdek, u boshqa aeroportga qo‘nish e’lon qilinganidan keyin samolyot xodimlarining xizmat ko‘rsatish sifati keskin yomonlashganini ta’kidladi.

«Agar standart parvoz paytida ular do‘stona munosabatda bo‘lgan bo‘lsa, keyin ular qo‘pollashib ketdi, baqirishdi va savollarga javob berishni xohlamadilar», deydi u. 

Voqea joyidan olingan videolavha «Moskva 24» Telegram-kanali tomonidan e’lon qilindi. Kadrlarda samolyotda o‘tirishdan charchagan yo‘lovchilar samolyot ekipaji bilan janjallashayotganini ko‘rish mumkin.

Mavzuga oid