O‘zbekiston | 23:49 / 09.03.2023
7217
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda saylash huquqi cheklangan shaxslar ro‘yxati bo‘lmaydi 

Konstitutsiyaga kiritilayotgan taklifga muvofiq, endi O‘zbekistonda saylash huquqi cheklangan shaxslar ro‘yxati bo‘lmaydi. 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Jahongir Shirinov konstitutsiyaga kiritilayotgan ba’zi o‘zgarishlar haqida tushuntirish berdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, endi O‘zbekistonda saylash huquqi cheklangan shaxslar bo‘lmaydi, ularning ro‘yxati tuzilmaydi. 

«Faqat sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkin», dedi u.

Bundan tashqari, davlat ramzlari – millat timsoli ekanidan kelib chiqib, ularga nisbatan hurmat tuyg‘usini kuchaytirish va ularni himoya qilish maqsadida «davlat ramzlari davlat himoyasidadir» degan konstitutsiyaviy norma o‘rnatiladi. 

Mavzuga oid