Sport | 12:22 / 12.03.2023
29571
2 daqiqa o‘qiladi

Yoshlar kattalar uchun revansh oldi. O‘zbekiston U-20 «kengurular»ni mag‘lub etib, mundialga chiqdi (fotogalereya)

O‘zbekistonda o‘tayotgan U-20 Osiyo Kubogida chorakfinal bahslari boshlandi. Bu bosqich yarimfinal va finaldan-da ahamiyatli sanaladi, chunki o‘rtaga jahon chempionati yo‘llanmasi tikilgandi.

Foto: Tribuna.uz

«Hayot-mamot jangi»da mezbonlar Avstraliyaga qarshi maydonga tushib, 120 daqiqada ham g‘olib aniqlanmagan to‘qnashuvda penaltilar seriyasida g‘alabani ilib ketishdi. 

Asosiy vaqtning 77-daqiqasida «kengurular»dan Gabriel Popovich hisobni ochgan bo‘lsa, 79-daqiqada Zafarmurod Abdurahmatov xaloskorga aylandi va muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston, qo‘shimcha bo‘limlarda esa Avstraliya yaxshiroq ko‘rindi. Ikkala jamoada ham imkoniyatlar yuzaga keldi, ammo mundial chiptasi «lotereya»da aniqlandi. Ravshan Haydarov shogirdlari barcha 5ta zarbani golga aylantirishgan bo‘lsa, mehmonlardan Adrian Segechich adashdi.

Shu tariqa o‘zbekistonlik yoshlar 2019 yilgi Osiyo Kubogi pley-offida aynan Avstraliyaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergan akalari uchun revansh olishdi.

Hayajonlar, emotsiyalar va ko‘z yoshlarga boy bo‘lgan o‘yindan olingan fotosuratlarni tomosha qiling.

Mavzuga oid