O‘zbekiston | 10:16 / 16.03.2023
6931
1 daqiqa o‘qiladi

Huawei O‘zbekistonda elektron hukumat ma’lumotlarni saqlash markazi loyihasini kengaytirmoqchi

15 mart kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda Huawei kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Yao Szyan o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: gov.uz

Uchrashuvda O‘zbekiston telekommunikatsiya infratuzilmasi, mobil aloqa, ma’lumotlar bazalari va IT ta’lim sohalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan loyihalar masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xitoy hukumati grantlari asosida mamlakatda OTM va ixtisoslashtirilgan maktablarni raqamlashtirish hamda Elektron hukumat ma’lumotlarni saqlash markazi loyihasini kengaytirish bo‘yicha takliflar atroflicha muhokama qilindi.

2022 yilning oktabr oyida bo‘lib o‘tgan ICTWEEK UZBEKISTAN–2022 AKT haftaligi doirasida imzolangan hujjatlar asosida Surxondaryo viloyatida IT Park va Huawei kompaniyasi hamkorlikda tashkil etilayotgan BPO markazi ham kompaniya bilan birgalikda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli hamkorlarning davomi ekani alohida e’tirof etildi.

BPO markazlarini boshqa hududlarda ham tashkil etish va ularning sonini oshirishda kompaniya bilan hamkorlikda ishlash masalalari ham muhokama qilindi.

Mavzuga oid