Sport | 08:27 / 16.03.2023
29004
2 daqiqa o‘qiladi

Yana «lotereya» va yana g‘alaba. Otabekning seyvlari O‘zbekiston yoshlar jamoasini finalga olib chiqdi (fotoreportaj)

O‘zbekistonda o‘tayotgan U-20 Osiyo Kubogida finalchilar aniqlandi. 

Ikkinchi yarimfinalda mezbonlar turnirning asosiy favoritlaridan biri Janubiy Koreya yoshlari bilan ro‘baro‘ kelib, butun o‘yin davomida raqibdan ko‘ra ko‘proq xavfli vaziyatlar yaratishdi. 

Bellashuv boshida asosiy hujumchi Po‘latxo‘ja Xoldorxonov jarohat olib maydonni tark etganiga qaramay, Ravshan Haydarov jamoasi tushkunlikka tushmadi va minglab muxlislar qarshisida olg‘a borishda davom etdi. Ammo hujumlarga nuqta qo‘yishda sovuqqonlik yetishmadi. Natijada 1/4 finaldagi Avstraliya bilan bo‘lgani kabi g‘olib yana penaltilar seriyasida aniqlandi va darvozabon Otabek Boymurodov raqiblarning 3ta zarbasini qaytarib, qahramonga aylangan holda O‘zbekistonni finalga olib chiqdi.

O‘zbekiston 18 mart kuni qit’a chempionligi uchun finalda Eron va Yaponiyani dog‘da qoldirgan holda hal qiluvchi o‘yinga yetib kelgan Iroqqa qarshi maydonga tushadi. E’tiborlisi, jamoalar guruh bosqichida ham to‘qnash kelgan va unda mezbonlar minimal hisobda g‘alaba qozongandi.

«Bunyodkor»dagi muxlislar yana 120 daqiqa futbol ko‘rgan va o‘zbekistonlik yoshlar yana bir bor matonat ko‘rsatgan o‘yindan olingan sara fotosuratlarni tomosha qiling.

Mavzuga oid