O‘zbekiston | 09:18 / 17.03.2023
4510
2 daqiqa o‘qiladi

«Elektron hukumat» tizimi ma’lumotni qayta ishlash markazi vazifalari belgilandi

Vazirlar Mahkamasining «Elektron hukumat» tizimining ma’lumotlarni qayta ishlash markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Foto: Shutterstock

Prezident qaroriga muvofiq, «Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi» davlat muassasasida yuridik shaxs tashkil etmagan holda «Elektron hukumat» tizimining ma’lumotlarni qayta ishlash markazi ishga tushirildi.

«Elektron hukumat» tizimining ma’lumotlarni qayta ishlash markazining asosiy vazifalari:

manfaatdor davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini joylashtirish va saqlash;

«Elektron hukumat» tizimi infratuzilmasiga oid davlat axborot tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, ularni saqlash va qayta ishlash;

«Elektron hukumat»  tizimining ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga joylashtirilgan va saqlanayotgan davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari xavfsiz va barqaror ishlashini ta’minlash.

bulutli texnologiyalar asosida davlat organlari va tashkilotlari uchun yangi turdagi xizmatlarni joriy etish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi «Elektron hukumat» tizimining ma’lumotlarni qayta ishlash markazida davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini joylashtirish, saqlash va qayta ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi: axborot tizimlarini joylashtirish tartibi; axborot tizimlarini saqlash va qayta ishlash tartibi; taraflarning huquq va majburiyatlari.

Mavzuga oid