Jamiyat | 11:08 / 17.03.2023
17156
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahridan tarixiy ko‘za topildi

Foto: Madaniy meros agentligi axborot xizmati

Toshkent shahri Yashnobod tumanidan tarixiy ko‘za topildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi axborot xizmati xabar berdi

Xabarga ko‘ra, Toshkent shahar prokuraturasi va shahar madaniy meros boshqarmasi xodimlari tomonidan poytaxtdagi madaniy meros obektlarini monitoring qilish jarayonida tarixiy ko‘za topilganini ma’lum qilgan. Toshkent viloyatidan (Qibray tumanining bir qismi) Toshkent shahriga (Yashnobod tumaniga) o‘tgan qismida joylashgan «To‘qay tepa» arxeologik yodgorligidan topilgan.

Ko‘za o‘lchamlari: balandligi 80 sm, diametri 188 sm bo‘lib, yaxshi holatda saqlangan.

Topilma belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, O‘zbekiston davlat tarixi muzeyiga topshirildi. Hozirda muzey ilmiy xodimlari tomonidan ushbu tarixiy topilmaning yasalgan davri aniqlanmoqda.

  • Avvalroq Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidan Salavkiylar sarkardasining noyob ko‘zasi topilgani haqida xabar berilgandi.
  • Shuningdek, Surxondaryo viloyati Denov tumanida milodiy I-II asrlarga tegishli xum idish topilgan. Xumning tarixiylik ahamiyatini o‘rganish maqsadida Termiz arxeologiya muzeyi va Termiz davlat universiteti tarixchi olimlari tomonidan butunligicha qazib olinib, restavratsiya qilish va o‘rganish ishlarini olib borish maqsadida Termiz arxeologiya muzeyiga olib borilgan.

Mavzuga oid