O‘zbek olimlari saratonni 99 foizgacha davolash imkonini beruvchi preparat ishlab chiqqani aytildi
Dori 4-bosqichdagi saraton kasalligining 97-99 foizgacha tuzalishini ta’minlayapti.
O‘zbek olimlari saratonni 99 foizgacha davolash imkonini beruvchi PSMA-617 preparatini ishlab chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston fanlar akademiyasi Yadro fizika instituti direktori, texnika fanlari doktori, professor Ilhom Sodiqov ma’lumot berdi.
«Eng yaxshi natijalarimizdan biri sifatida 2022 yilning iyun oyida ro‘yxatdan o‘tkazilib, ishlab chiqarishga tatbiq etilgan yangi radiofarmatsevtik vektorli terapiya vositasini misol keltirish mumkin. Bu preparat saraton kasalligini davolashda nihoyatda samarador bo‘lgan yangi dori vositasi hisoblanadi. Bu dori vositasining bitta dozasi hozirgi kunda AQShda 70 ming dollar, Yevropa mamlakatlarida 25 ming dollar atrofida sotilyapti. Bizning institutimizda ushbu dorini respublikamizdagi 3 ta onkologik klinikaga 1,5 dollar narx bilan yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi», dedi professor.
Qayd qilinishicha, bu dori 2018 yildan boshlab bir nechta chet davlatlarda, har biri o‘zi yaratgan texnologiya bo‘yicha ishlab chiqarilib, tibbiyotda qo‘llanilmoqda.
«Biz o‘z texnologiyamiz bo‘yicha mazkur dorini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. Hozirgi kunda biz ishlab chiqarayotgan «lyutetsiy-177» nomli izotop dunyodagi boshqa ishlab chiqaruvchilar mahsulotidan 10 barobar toza hamda yuqori sifatli radioizotop hisoblanadi», dedi professor.
Sodiqovning ta’kidlashicha, bu dori 4-bosqichdagi saraton kasalligining 97-99 foizgacha tuzalishini ta’minlayapti. Jahondagi tibbiyotchilar revolyutsion dorilar qatoriga kiruvchi bu preparatga «fantastik natija», deb baho berishgan.
Mavzuga oid
14:42 / 05.12.2024
Ifloslangan shahar havosi saraton keltirib chiqarishi aniqlandi
17:42 / 08.11.2024
Olimlar saratonning eng agressiv shakllarini yengish usulini o‘rgandi
15:23 / 30.10.2024
Olimlar saratonni sun’iy intellekt yordamida davolashning yangi usulini kashf etdi
11:00 / 15.10.2024