O‘zbekiston | 16:58 / 24.03.2023
10172
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘yliq – Sergeli yo‘nalishida qurilgan 5 ta bekatda sinov tariqasida poyezdlar texnik qatnovi boshlandi

Foto: Transport vazirligi

Joriy yilning 24 mart kuni Toshkent metropoliteni Yerusti halqa yo‘lining II bosqichi Qo‘yliq – Sergeli yo‘nalishida qurib bitkazilgan 5 ta bekatda sinov tariqasida poyezdlar texnik qatnovi boshlandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Transport vazirligi, «Toshkent metropoliteni» rahbariyati, «Boshtransloyiha», «O‘zbekiston temiryo‘llari» mutasaddilari ishtirok etdi.

Hozirda Yerusti halqa metro yo‘lining II bosqichi – 8,5 km uzunlikdagi 5 ta bekatni o‘z ichiga olgan «Qo‘yliq – Quruvchilar» qismi qurib bitkazilgan bo‘lib, loyihaning 3,8 km uzunlikdagi 2 ta bekatni o‘z ichiga oluvchi «Quruvchilar – Qipchoq» qismida qurilish ishlari olib borilmoqda. 

Texnik sinovlardan so‘ng mazkur yo‘nalishda yo‘lovchi tashuvlarining boshlanishi natijasida bir kunda 40 mingga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.

Mavzuga oid