Fevral oyida davlat xaridlarini amalga oshirishda 25 mlrd so‘mlik qonunbuzilish holatlari aniqlangan
12 ta davlat xaridi bekor qilingan hamda 7 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.
2023 yilning fevral oyida ayrim davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishda jami 25 mlrd so‘mlik qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, vazirlik va idoralar tomonidan 2023 yilning fevral oyida jami 4,35 trln so‘mlik 77 411 ta davlat xaridlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 234,2 mlrd so‘mlik 39 006 ta xaridlar elektron do‘kon, 25,5 mlrd so‘mlik 1 895 ta xaridlar elektron auksion, 203 mlrd so‘mlik 2 103 ta xaridlar eng yaxshi taklifni tanlash, 107,5 mlrd. so‘mlik 521 ta xarid tender, 1,5 trln so‘mlik 9 989 ta xaridlar yagona yetkazib beruvchilar bilan, 2,28 trln so‘mlik 23 897 ta xaridlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaklda amalga oshirilgan.
Shuningdek, ayrim davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishda 25 mlrd so‘mlik qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan. Qonunbuzilish holatlarini bartaraf qilish hamda kelgusida shu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik haqida buyurtmachilarga 26 ta taqdimnoma, shuningdek, aniqlangan holatlarga huquqiy baho berish uchun to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Xususan, «Uzbekistan Airports» AJ buyurtmachiligida 2023 yil 7 fevral kuni 4,3 mlrd so‘mga jihozlar xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan davlat xaridi o‘rganilganda «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonunning 34-moddasi talabiga zid ravishda davlat xaridlari jarayonida ishtirokchilarga raqobatni cheklovchi shartlar kiritilgani aniqlangan.
Shu kabi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Xorazm hududiy filiali buyurtmachiligidagi 2023 yil 10 fevral kuni 2,6 mlrd so‘mga «Temir-beton ustun» xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan davlat xaridi o‘rganilganda «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonunning 10-, 14- va 46-moddalari talablari buzilganligi ma’lum bo‘lgan.
Shuningdek, Toshkent viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi buyurtmachiligidagi 2023 yil 10 fevral kuni 796 mln so‘mga tibbiy asbob-uskunalar sotib olish bo‘yicha o‘tkazilgan davlat xaridida affillanganlik holatlariga baho berilmagani aniqlangan.
Mazkur holatlarda xarid komissiyasi tomonidan o‘zaro affillangan ishtirokchilar xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatilmasdan «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonunining 23-moddasi va «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunining 14-moddasi talablari buzilgan.
Agentlik tomonidan kiritilgan taqdimnoma va so‘rovnomalar natijasida 12 ta davlat xaridi bekor qilingan hamda 7 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
16:22 / 28.11.2024
«Shaffof shaharlar» va «Halol tumanlar» dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
11:33 / 15.11.2024
“Pora kattalashgan sari suverenitet bilan savdolashish boshlanadi” – faollar bilan suhbat
16:21 / 12.11.2024
1,5 mingga yaqin boshqaruv xodimi qonunga zid tarzda tadbirkorlik qilayotgani aniqlandi
23:25 / 09.11.2024