Sport | 11:40 / 27.03.2023
68194
11 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonning aql bovar qilmas g‘alabasi va het-trikka ulgurmagan Ronaldu. Kun o‘yinlari

Yakshanba kuni Yevro-2024 saralashida 2-tur o‘yinlari boshlandi.

C guruhi

Argentinalik hujumchi Italiya uchun yana gol urdi

Malta – Italiya 0:2
Gollar: 0:1 – 15 Retegi, 0:2 – 27 Pessina.
Italiya – Donnarumma, Di Lorenso (Darmian, 46), Romanoli, Skalvini (Toloi, 83), Emerson, Kristante, Pessina, Tonali (Verratti, 67), Politano, Retegi (Skamakka, 66), Nonto (Grifo, 22).

Italiya birinchi turda eng qiyin raqibga tushgani tushunarli, ammo inglizlardan mag‘lubiyat juda og‘riqli qabul qilindi. Qolaversa, «Skuadra adzurra» bungacha 1999 yildan buyon Yevropa chempionati uchun saralash o‘yinlarida yutqazmayotgandi, so‘nggi marta saralash turnirini Yevro-1974 arafasida mag‘lubiyat bilan boshlagandi.

Bunday vaziyatda Malta ustidan g‘alaba muhim edi va unga erishildi. Shu bilan birga, aytish mumkinki, Roberto Manchini o‘z tanqidchilari bilan sirtqi bahsda ham ustun keldi. Jumladan Italiyada hujumchilar yetarli ekanini aytgan Balotellidan ham. Murabbiy esa aksincha hujumchilar bilan bog‘liq muammo jiddiy ekanini qat’iy ta’kidlamoqda va bir qator futbolchilar jarohatlangani va formada emasligi uning so‘zlarini asoslaydi.

Naturallashtirilgan argentinalik Retegi esa Manchinining ishonchini oqlab, o‘z ishini a’lo darajada uddalamoqda. Avvaliga Angliyaga qarshi debyut o‘yinida gol urdi, yakshanba kuni esa Tonalining burchak zarbasidan uzatmasini darvozaga joyladi. Aslida farqi bo‘lmasligi kerak — Retegi italyancha gapiradimi yoki yo‘q. Bunday premera — dastlabki ikki o‘yinda ikki gol — Italiya tarixida bungacha faqat uch marta kuzatilgan. Yarim asr muqaddam bunga Kinale erishgandi, 1996 yilda — Enriko Keze va 2020 yilda — Orsolini.

Angliya – Ukraina 2:0
Gollar: 1:0 – 37 Keyn, 2:0 – 40 Saka.
Angliya – Pikford, Uoker, Maguayr, Stounz, Chiluell, Grilish, Gallaxer, Henderson, Rays, Bellingem, Meddison, Saka, Keyn (Touni, 81).
Ukraina – Trubin, Karavayev (Buyalskiy, 61), Svatok, Matviyenko, Mikolenko (Sobol, 62), Stepanenko, Malinovskiy, Zinchenko, Mudrik (Tsigankov, 61), Sudakov, Yaremchuk (Dovbik, 74).

Angliya esa yuz foizlik natija qayd etgan holda guruhda peshqadamlik qilmoqda, Garet Sautgeyt turnir startida «Uch sherlar» tarixida kamida 50 g‘alabaga erishgan uch murabbiydan biri bo‘lib oldi. «Uembli»dagi qahramonlar — kutilgan va ko‘nikilgan futbolchilar bo‘ldi. Keyn saralashda qatorasiga o‘ninchi o‘yinda gol urdi, Saka esa golli uzatmadan keyin uzoq masofadan o‘zi ham darvozani ishg‘ol etdi.

16 iyun. Malta — Angliya, Shimoliy Makedoniya — Ukraina.

J guruhi

Portugaliya uchun chigalyozdi

Lyuksemburg – Portugaliya 0:6
Gollar: 0:1 – 9 Ronaldu, 0:2 – 15 Joau Feliks, 0:3 – 18 Bernardu Silva, 0:4 – 31 Ronaldu, 0:5 – 77 Otavio, 0:6 – 88 Rafael Leau.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Diogu Dalot, Ruben Diash, Antoniu Silva, Danilu Pereyra, Mendesh, Brunu Fernandesh (Rafael Leau, 75), Palinya (Diogu Jota, 87), Bernardu Silva (Ruben Nevesh, 64), Joau Feliks (Otavio, 75), Ronaldu (Gonsalu Ramush, 65).

Go‘yo Roberto Martinesga ishga kirishish va jamoa bilan xotirjam muhitda tanishib olish uchun imtiyoz berilgandek. Portugallar Lixtenshteyn ortidan Lyuksemberg qiyofasidagi yana bir autsayder jamoaga qarshi o‘ynadi. Gersoglik jamoasi o‘tgan yil yozidan buyon yutqazmagan, Turkiya (3:3) va Vengriyey (0:0) kabi raqiblardan ochko olgandi.

Shunga qaramay, Portugaliya uchun lyuksemburgliklar — muammo tug‘dira olmasligi oldindan ma’lum edi. JCh-2022 saralashida bu jamoaga qarshi ikki o‘yinda ham ishonchli hisobda g‘alaba qozonilgan (3:1, 5:0). Bu safar mehmonlar «kesib o‘tuvchi pasdan keyin bosh bilan gol urish» bo‘yicha master-klass o‘tib berishdi. Katta ehtimol bilan murabbiylar shtabi raqibning bunday hujumlar qarshisidagi ojizligiga e’tibor qaratgan, chunki bunday tasodif bo‘lishi qiyin. Uchta a’lo darajadagi diagonal uzatma va «ikkinchi qavatdan» yakunlovchi zarbalar.

Shu bilan birga assistentlar ham, finisherlar ham turlicha futbolchilar bo‘lishdi, Bernardu Silva esa bosh bilan ham gol urish mahoratini namoyish etdi. Va albatta bu Krishtianu Ronalduning ishtirokisiz kechmadi. Lekin diqqat markazida sardorning ikki goli emas, uning barvaqt almashtirilishi bo‘ldi. Shu bilan birga, u jarima maydoni ichida yiqilib, penalti so‘rashi bilan ham yodda qoldi, ammo arbitrni ishontira olmadi. Martines tushunarsiz qadam tashlab, 63-daqiqada uni maydondan olishga qaror qildi. U o‘z qarori bilan Krishni het-trikdan mahrum etgan bo‘lishi mumkin. Ammo faktga ko‘ra, shunday bo‘lgani yaxshiroq: murabbiy muhim o‘yinlarni kutmasdan, o‘z mas’uliyat zonasini belgilab berdi va o‘zi uchun daxlsiz futbolchilar yo‘qligini ko‘rsatdi. Uning ixtiyorida maydonga tushishga haqli bo‘lgan ko‘plab futbolchilar bor.

Ikkinchi bo‘limda tushirilgan jokerlar — Rafael Leau va Otaviu hisobni yanada yiriklashtirishdi. Krishtianu esa Lyuksemburgga het-trik qayd eta olmagan bo‘lsa ham ushbu jamoaga urgan gollari sonini 11 taga yetkazdi - bu uning uchun terma jamoalar miqyosida eng ko‘p gol urgan raqib jamoa bo‘lib qoldi. Ammo u yo‘qligida 11 metrli jarima zarbalarni ijro etish uchun ishonchli penaltichi yo‘qligi ma’lum bo‘lib qoldi, Leau o‘zi ishlagan penaltini aniq ijro eta olmadi. Aftidan, «Milan» forvardi uchun o‘zi solo amalga oshirib, darvozani ishg‘ol etish osonroq.

Slovakiya – Bosniya va Gersegovina 2:0
Gollar: 1:0 – 13 Mak, 2:0 – 40 Garaslin.
Slovakiya – Dubravka, Pekarik, Domber, Vavro, Gansko, Kutska, Lobotka (Groshovski, 90), Duda (Benesh, 69), Mak (Suslov, 58), Garaslin (Bero, 90), Poliyevka (Zrelyak, 69).
Bosniya va Gersegovina – Shehich, Dedich, Milichevich (Tsimirot, 46), Sanichanin, Ahmedhojich, Gazibegovich, Krunich, Hojiahmedovich (Prsich, 63), Prevlyak (Jyeko, 63), Demirovich, Tahirovich (Stevanovich, 74).

Lixtenshteyn – Islandiya 0:7
Gollar: 0:1 – 3 Oulavsson, 0:2 – 38 Xaraldsson, 0:3 – 48 Gunnarsson, 0:4 – 68 Gunnarsson, 0:5 – 73, penalti Gunnarsson, 0:6 – 85 Gudonsen, 0:7 – 87 Ellersson.

16 iyun. Portugaliya — Bosniya, Islandiya — Slovakiya, Lyuksemburg — Lixtenshteyn.

H guruhi

Qozog‘iston tarixidagi eng yaxshi o‘yin

Qozog‘iston – Daniya 3:2
Gollar: 0:1 – 21 Heylund, 0:2 – 35 Heylund, 1:2 – 73, penalti Zaynutdinov, 2:2 – 86 Tagibergen, 3:2 – 89 Aymbetov.
Qozog‘iston – Shatskiy, Gabishev (Skvorsov, 34), Maliy (Yerlanov, 46), Marochkin, Alip, Vorogovskiy, Beysebekov (Darabayev, 83), Tagibergen, Zaynutdinov (Islamxan, 79), Orazov, Samorodov (Aymbetov, 78).
Daniya – Shmeyxel, Ba (Larsen, 65), Ker, Nelsson, Mele (Kristensen, 83), Nergor, Xeyberg, Yyensen (Billing, 65), Damsgor (Darami, 65), Vind (Breytueyt, 87), Heylund.
Ogohlantirishlar: Aymbetov (90+6), Xeylund (90+6), Shatskiy (90+6).
Chetlatish: Aymbetov (90+6).

Yakshanba kungi o‘yinlarni yana Ostonadagi o‘yin ochib berdi, Magomed Adiyev Qozog‘istonning bu o‘yin uchun boshlang‘ich tarkibiga TsSKA yarimhimoyachisi Zaynutdinovni kiritdi. Shu bilan birgalikda, birinchi turda Sloveniyaga qarshi o‘yinda (1:2) jarohat olgan «Axmat» himoyachisi Bistrov bu o‘yinda ishtirok etmadi.

Ammo mezbonlar himoyasi daniyaliklarning yangi yulduzi Heylundni to‘xtata olmadi. Finnlarga qarshi o‘yinda het-trik qilgan «Atalanta» hujumchisi bu o‘yinda birinchi hujumdayoq hisobni ochishi mumkin edi. Lekin u ko‘p o‘tmay baribir hisobni ochdi va Kerning maydonning ikkinchi qismidan berilgan uzatmasidan keyin to‘pni darvozabon ustidan oshirib tashladi.

Bo‘limning ikkinchi qismida Damsgor raqib mudofaasini parokanda qilganida yana o‘sha Heylund kerakli vaqtda kerakli joyda paydo bo‘lib, hisobdagi farqni oshirdi. Bu vaqtda esa qozog‘istonliklar muammosi tajribali Gabishevning jarohati tufayli yanada chuqurlashdi. Shunga qaramay, maydon egalari oq bayroq ko‘tarmadi va dadillik bilan oldinga tashlandi, ammo hech qanaqasiga Shmeyxelni hayron qoldira olishmadi. Va baribir bosim ikkinchi bo‘limda jamoada umid uyg‘otdi, hujumlarning birida to‘p jarima maydoni ichida Vinning qo‘liga tegdi, Zaynutdinov esa penaltini ishonch bilan amalga oshirdi.

Bu lahza o‘yinning burilish nuqtasiga aylandi. 86-daqiqada Tagibergen uzoq masofadan hech qanday qarshilikka uchramagan holda darvozaning olis burchagini aniq nishonga oldi. Jamoa ruhlanib, hujum qilishda davom etdi, Vorogovskiy esa qatorasiga ikkinchi o‘yinda chap qanotdan ideal uzatma amalga oshirdi, Aymbetov esa to‘pga baland sakrab, bosh bilan qaytarib bo‘lmas zarba yo‘lladi hamda tribunani «portlatdi».

Lekin bu hisobni saqlab qolish talab etilardi va qolgan daqiqalarda qozog‘istonliklar to‘qqiz kishi bo‘lib qolishdi. Avvaliga gazonga noqulay qulagan Alipni maydondan olib chiqishdi. Keyin esa arbitr Aymbetovga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatdi, u birinchisini golni nishonlash vaqtida futbolkasini yechgani uchun olgandi. Ammo buni tushunish mumkin, final hushtagi yangraganidan so‘ng bu Qozog‘iston tarixidagi eng yaxshi o‘yin bo‘lgani haqida fikrlar bejiz yangragani yo‘q.

Daniya esa o‘z tarixida ilk bor ikki gol ustunligiga ega bo‘la turib, muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Endilikda guruh jadvalida birato‘la to‘rt jamoada 3 tadan ochko bor, 100 foizlik natija qayd etayotgan Sloveniya esa guruh peshqadami bo‘lib oldi.

Sloveniya – San-Marino 2:0 
Gollar: 1:0 – 56 Sheshko, 2:0 – 60, avtogol Di Mayo.

Shimoliy Irlandiya – Finlandiya 0:1
Gol: 0:1 – 28 Chellman.
Shimoliy Irlandiya – Pikok-Farrell, Bredli, Ketkart, Braun, Bellard (Madjyennis, 50), Lyuis, Makneyr, Charlz (Prays, 79), Tompson (Sevill, 79), Uoshington (Uayt, 69), Charlz.
Finlandiya – Gradetski, Alxo (Teylor, 87), Vyaysyanen, Ivanov, Yyensen (Peltola, 52), Lud, Suxonen (Soyri, 70), Shyuller, Kamara, Pukki (Forss, 70), Chellman (Poxyanpalo, 87).

16 iyun. Finlandiya — Sloveniya, Daniya — Shimoliy Irlandiya, San-Marino — Qozog‘iston.

Mavzuga oid