Jamiyat | 10:10 / 28.03.2023
18536
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda kiyim-kechak do‘konidan 225 mln so‘mlik erkaklar kiyimi o‘g‘irlandi

Kiyim-kechak do‘konidan sodir etilgan o‘g‘rilik jinoyati “issiq izidan” fosh etildi.

Foto: IIBB

Joriy yilning 23 mart kuni soat taxminan 02:00 larda 3 nafar noma’lum shaxs kiyim-kechak do‘koniga kirib, umumiy qiymati 225 535 000 so‘mlik erkaklar kiyimlarini o‘g‘irlab ketgan.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 20 yoshli Sh.N., 19 yoshli I.Z. hamda A.Sh. aniqlanib, qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda, deyiladi ma’lumotda.

Mavzuga oid