Toshkentda kuchli yomg‘ir oqibatida ko‘p qavatli uyning bir necha balkoni qulab tushdi
Poytaxtning Yakkasaroy tumanida to‘rt qavatli uyning ikkita balkoni qulab tushdi. Hodisaga kuchli yomg‘ir tufayli yuqori qavatdagi balkonning suv bilan to‘lgani sabab bo‘lgan.
Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, boshqa vayronagarchiliklar aniqlanmagan, aholi ham jabrlanmagan.
«Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida 1963 yilda qurilgan 59-uy 17-19-xonadonlarning balkon qismi kuchli yomg‘ir tufayli qulab tushgani haqida xabar tarqaldi.
Vaziyat Yakkasaroy tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilari hamda Toshkent shahar hududiy uy-joy fondini nazorat qilish inspeksiyasi mas’ul shaxslari tomonidan zudlik bilan o‘rganildi.
Uyning ichki qismiga zarar yetmagan, aholi ham jabrlanmagan.
Shu munosabat bilan tegishli tashkilotlar tomonidan uyni instrumental texnik ko‘rikdan o‘tkazish rejalashtirilgan», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
23:44 / 13.01.2025
Toshkentda BYD’ning qo‘pol qoidabuzarligi ortidan ikki piyoda jarohat oldi
18:22 / 13.01.2025
Toshkent aeroportida mushuklar uchun uylar o‘rnatildi
12:42 / 12.01.2025
Uchta viloyatda energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi
11:12 / 11.01.2025