O‘zbekiston | 19:38 / 05.04.2023
84442
2 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda voyaga yetmagan qizni 11 erkak zo‘rlagani, 3 nafari hibsga olingani aytilmoqda

Voqea Yangiariq tumanida sodir bo‘lgani aytilmoqda.

Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida 2022 yil avgust oyida 11 erkak 2006 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan bo‘lishi mumkin. Bu haqda bloger Nikita Makarenko 1 aprel kuni xabar berdi.

«Aftidan pedofillar tarmog‘ini fosh etish uchun Toshkentdan Xorazmga maxsus guruhni yuborish kerak shekilli. O‘quvchimning yozishicha, mahalliy IIB bilan aloqador odamlar jiyanini zo‘rlagan. U o‘z ismi sharifini oshkor etilishini istamadi, ammo telefon raqamlarini Toshkentdagi huquq-tartibot idoralariga yetkazishga ruxsat berdi», deb yozdi u.

4 aprel kuni bloger 11 kishidan 3 kishi hibsga olingani, bunga bolalar ombudsmani Aliya Yunusova yordam bergani haqida xabar berdi.

«Bolalar ombudsmani Aliya Yunusovaga rahmat. U ushbu postga javob qaytargan va Xorazm viloyatidagi zo‘rlash qurboni bo‘lgan voyaga yetmagan qizni himoya qilishni istagan yagona shaxsdir. Qolganlarning hammasi jim. U Urganchga jo‘nab ketdi va jabrlanuvchining xolasi aytganidek, bugun zo‘rlashda ishtirok etgan 11 kishidan 3 nafari hibsga olindi», deb yozdi Makarenko.

Bloger so‘zlariga ko‘ra, qizning xolasi bundan xursand bo‘lgan va «Quvonchimizning chegarasi yo‘q. 8 oy davomida hech kim bizga e’tibor bermagan edi», deb yozgan.

«O‘zbekistonda boshqaruv faqat qo‘lda ishlaydi. 11 nafar pedofilga nisbatan ish qo‘zg‘atish uchun esa, bu voqea oshkora bo‘lishi, shaxsan kimdir e’tibor berishi va masala bilan shaxsan shug‘ullanishi kerak. Bu yaxshimi? Yo‘q, bu falokat», deb qo‘shimcha qildi Makarenko.

Hozircha ushbu voqea bo‘yicha rasmiy xabarlar berilmadi.

Mavzuga oid