O‘zbekiston | 08:53 / 11.04.2023
12659
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Roodell kompaniyasi O‘zbekiston bo‘ylab dilerlik markazlarini kengaytirishi va keyingi rejalarini e’lon qildi

Foto: Roodell

Kia va Chery avtomobillarining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori Roodell kompaniyasi dilerlik tarmog‘ini kengaytirish haqidagi rejalari bilan o‘rtoqlashib, shuningdek, O‘zbekiston bozorida nechta dilerlik markazlari faol ishlayotgani va yaqin kelajakda nechta rasmiy DMlari paydo bo‘lishini e’lon qildi.

Roodell O‘zbekiston avtomobil bozorida 2014 yildan beri faoliyat yuritib keladi, o‘z faoliyatini Lada brendining O‘zbekistondagi importyor-distribyutori sifatida boshlagan, keyinchalik portfoliosiga Renault va Kia kabi jahon brendlari qo‘shilgan. Roodell nafaqat yuqori sifatli avtomobillarni taqdim etadi, balki o‘z mijozlariga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash uchun ilg‘or texnologiyalardan ham foydalanadi. Kompaniya, mijozlar bilan o‘zaro aloqalarni yaxshilashga, avtomobilni buyurtma qilish, yig‘ish va keyinchalik xaridorlarga topshirish bosqichlarini kuzatib borishga ko‘maklashuvchi yuqori texnologik dastgohlarni o‘z dilerlik markazlarida muvaffaqiyatli joriy etib kelmoqda.

2021 yil mart oyidan boshlab kompaniya faqatgina import qiluvchi sifatida faoliyat yuritib qolmay, balki, ADM-Jizzax zavodida KIA, Lada va Renault avtomobillarini ishlab chiqarishni boshladi.

Hozirgi kunda Kia avtomobilsozlik sanoati yetakchilaridan biridir, Chery esa o‘zini ishonchli va yuqori texnologik ishlab chiqaruvchi sifatida ko‘rsata oldi. Ushbu markadagi avtomobillar, albatta, qulaylik va stil timsolidir, bundan tashqari, ular innovatsiya, samaradorlik va barqarorlikni o‘zlarida mujassamlashtiradilar.

Zavodning ishlab chiqarish quvvati oshirilishi hisobiga O‘zbekiston bozoriga yetkazib berilayotgan avtomobillar soni salmoqli darajada ortib bormoqda. Bundan tashqari, har bir dilerlik markazida mijozlarga mos mashinani tanlashda ko‘maklashuvchi, shuningdek, xaridning barcha bosqichlarida axboriy qo‘llab-quvvatlovni ta’minlovchi professional maslahatchilar mavjud. Roodell mijozlari dilerlik markazlarida sifatli va tezkor xizmatlarga, shu jumladan har qanday murakkablikdagi ta’mirlash bo‘yicha, ega bo‘lishlari mumkin. Shuningdek, kompaniya Kia va Chery markali avtomobillar uchun turli xil ehtiyot qismlari va aksessuarlarni ham taklif etadi.

Bugungi kunda Kia'ning rasmiy avtosalonlari, Denovda, Andijonda va ikkitasi Toshkentda mavjud. 2023 yil oxirigacha yana 6 ta dilerlik markazi ochilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 2024 yil oxiriga kelib esa O‘zbekiston bo‘ylab rasmiy dilerlar soni yana 4 taga ko‘payadi. Shuni ta’kidlash joizki, Kia avtomobillari uchun 5 yilga yoki 150 000 kmga kafolat mavjud.

Kia'ning rasmiy dilerlik markaziga murojaat qilib, siz mavjud bo‘lgan har qanday modelni kredit asosida va to‘g‘ridan-to‘g‘ri joyida xarid qilishingiz mumkin.

Chery brendining – Toshkentda 2 ta, Andijon, Denov, Samarqand, Namangan va Farg‘onada avtosalonlari ochilgan. Chery avtomobillari kafolatga egalar - Tiggo 8 PRO max uchun 7 yil yoki 200 000 kmga, qolgan modellar uchun esa 5 yil yoki 150 000 kmga.

Roodell kompaniyasining dilerlik markazlari – sifatli avtomobil izlayotganlar va yuqori malakali xizmatni qadrlaydiganlar uchun ishonchli hamkorlardir.

ADM-Jizzakh zavodi haqida batafsil : roodell.uz/adm-jizzakh/

Kia haqida batafsil Telegramʼda : @kiauzbekistanbot

Chery haqida batafsil Telegramʼda: @cheryuzbekistanbot

Reklama

Mavzuga oid