O‘zbekiston | 16:30 / 13.04.2023
5504
2 daqiqa o‘qiladi

Biznes uchun o‘yin xizmatlari

Foto: OSON

2022 yil boshiga kelib, OSON o‘yin xizmatlari bo‘yicha yetakchilardan biri sifatida o‘zini namoyon qildi. Kompaniya faol ravishda yangi platformalar va o‘yin kutubxonalarini ulamoqda. Gaming’ni rivojlantirish bilan bir vaqtda, OSON B2B sohasi uchun o‘yin xizmatlarining yechimiga aylanishni maqsad qilgan. Shu sababdan to‘lov tizimi biznes uchun mo‘ljallangan, OSON Gaming yo‘nalishini rivojlantiradi va moliyaviy ilovalar uchun o‘yinlar bilan bog‘lovchi bo‘lgan xizmatga aylanadi. OSON Gaming nafaqat foydalanuvchilar uchun, balki daromadni oshirishdan manfaatdor bo‘lgan biznesni rivojlantirishga yordam beradi.

OSON Gaming qo‘shimcha tranzaksiya kanallari yordamida xizmatlarning barqaror ishlashini va to‘lovlar xavfsiz o‘tishini kafolatlaydi.

O‘yin agregatorining asosiy xususiyatlaridan biri – bu xizmatlarni to‘lov ilovalarining tizimiga tezkor ravishda integratsiya qilish imkoniyatidir. Agregatorning global platformalar bilan hamkorligi tufayli OSON Gaming’ga doimiy ravishda yangi o‘yin kutubxonalari qo‘shilib boradi. Hozirdanoq hamkorlar tanloviga: Steam, PUBG MOBILE, Fortnite, EA Games, Blizzard, League of Legend va boshqa ko‘plab xizmatlarni ulashi mumkin va 5 ta to‘lov usuli orqali to‘lovlarni qabul qilishlari mumkin.

Yangi hamkorlarni ulashda menejyerlar tomonidan to‘liq texnik yordam, integratsiyaning barcha bosqichlarida hamrohlik va yuzaga kelgan masalalar bo‘yicha maslahatlar mavjud. To‘liq moliyaviy tahlilga ega shaxsiy kabinet ham taqdim etiladi.

OSON Gaming – bu onlayn-biznes sohasida daromadni oshirishning yangi usulini izlayotganlar uchun yechim. Ushbu xizmatni biznesingizga ulash uchun pochta orqali biz bilan bog‘laning: info@oson.uz.

Telefon: 71-207-80-80

Reklama

Mavzuga oid