Jahon | 23:02 / 13.04.2023
19191
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagonning maxfiy hujjatlarini oshkor qilgan shaxs aniqlandi 

AQSh Milliy gvardiyasi harbiy havo kuchlari a’zosi maxfiy hujjatlarini internetga joylashtirgan. 

Jyek Teysheyra / Foto: The New York Times

Pentagonning maxfiy hujjatlarini AQSh Milliy gvardiyasi harbiy-havo kuchlari xodimi internetga joylashtirdi. Uning shaxsi The New York Times (NYT) materialida oshkor qilindi. 

Maqolada aytilishicha, 21 yoshli Jyek Teysheyra so‘nggi bir necha oy ichida AQSh razvedkasining maxfiy fayllari oshkor etilgan kichik onlayn o‘yinlar guruhi rahbari bo‘lgan. U Massachusets havo milliy gvardiyasining razvedka qanotida xizmat qilgan. 

Qayd etilishicha, u Thug Shaker Central nomli xususiy internet guruhini boshqargan, u yerda qurol-yarog‘, video o‘yinlar va memlarga umumiy muhabbat tufayli 20-30 ga yaqin odam yig‘ilgan. 

Endi tergovchilar Teysheyra bilan hukumat hujjatlarining xususiy internet guruhiga qanday sizib chiqqani haqida gaplashmoqchi. 

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Amerika maxfiy hujjatlari tarqalgan, ularda Ukrainadagi urush, Yaqin Sharq, Koreya va Xitoyga oid ma’lumotlar bor edi.

Mavzuga oid