Jahon | 09:03 / 14.04.2023
3323
1 daqiqa o‘qiladi

Nexta sobiq bosh muharriri Protasevichga nisbatan ayblov kuchaytirildi

Roman Protasevichga nisbatan ayblov kuchaytirildi, Belarus hukumati uni «ekstremistik tuzilmaga qayta rahbarlik qilganlikda» aybladi.

Roman Protasevich / Foto: RIA Novosti

Belarusda muxolifatchi Nexta Telegram kanalining sobiq bosh muharriri Roman Protasevichga nisbatan ayblovlar kuchaytirildi. Bu haqda 13 aprel, payshanba kuni Minsk viloyat sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida davlat ayblovchisi Natalya Sokolova ma’lum qildi.

Hozir, xususan, «ommaviy tartibsizliklar uyushtirish», «hokimiyatni egallab olish va nafrat uyg‘otish uchun fitna uyushtirish»dan tashqari, muxolifatchi «ekstremistik tuzilmaga qayta rahbarlik qilish»da ham ayblanmoqda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Roman Protasevich 2020 yilning may-sentabr oylarida Nexta bosh muharriri bo‘lgan. 2020 yil oktabr oyida Protasevich Varshavadan Vilnyusga ko‘chib o‘tdi va 2021 yil mayigacha «Belarus golovnogo mozga» Telegram kanali faoliyati uchun mas’ul edi.

Protasevich yangi so‘roq oldidan qo‘yilgan ayblovlar bilan tanishishi uchun sud majlisi 19 aprelga qoldirildi.

Mavzuga oid