«Ikkalamiz ham Putin uchun asosiy dushmanmiz» - Saakashvili Navalniy murojaatiga javob berdi
Avvalroq, Navalniy Gruziya hukumatidan Saakashvilini davolanish uchun qo‘yib yuborishni so‘ragan edi.
Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Aleksey Navalniyga «omon qolishini, ozod bo‘lishini va o‘zi xohlagan maqsadiga yetishini» tiladi. Bu haqda u Navalniyning Gruziya rasmiylariga Saakashvilini davolanish uchun qo‘yib yuborish haqidagi murojaatiga javoban yozdi.
«Mening fikrimcha, Aleksey Navalniy – Rossiyadan qoladigan hududlarning bo‘lajak prezidenti. U bilan oramizda ikkita umumiy narsa bor: ikkalamiz ham korrupsiya bilan murosa qilmaymiz va Vladimir Putinning asosiy dushmanimiz. Alekseyga omon bo‘lishini, ozod bo‘lishini va o‘zi xohlagan maqsadiga yetishini tilayman», deb yozdi Saakashvili.
Navalniy ayni damda Vladimir viloyatidagi 6-sonli koloniyada jazoni o‘tamoqda. U 2021 yilning yanvaridan beri hibsda. Yaqinda uning sog‘lig‘ida muammolar borligi ma’lum bo‘ldi. Uning advokati Vadim Kobzevning aytishicha, muxolifatchi ShIZOda (jarima izolyatorida) ikki hafta ichida 8 kilogrammga ozgan. Kobzev Navalniyning sog‘lig‘i asta-sekin yomonlashishi uchun harakat qilinayotganini istisno etmadi.
Mixail Saakashvili 2021 yilning kuzidan beri hibsda. 2021 yil oktabr oyida u Gruziyaga qaytib keldi va darhol hibsga olindi. Chunki 2018 yilda Gruziya sudi uni mansab vakolatini suiiste’mol qilishda aybdor deb topib, sirtdan olti yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi. Aprel oyi boshida Saakashvili qamoqxonada sog‘lom va baquvvat odamdan 20 ta tashxis qo‘yilgan kasal odamga aylanganini aytdi. Shuningdek, mamlakat tashqarisida tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, tez orada vafot etishini yozgan edi.
Mavzuga oid
07:50
Anapa aholisi mazut to‘kilishi sababli Putinga murojaat bilan chiqdi
14:14 / 23.12.2024
Kremlda Putin va Slovakiya bosh vaziri o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
10:43 / 23.12.2024
Tramp Putin u bilan Ukraina masalasida uchrashmoqchi ekanini ma’lum qildi
00:02 / 22.12.2024