Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi
15 aprel kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston milliy yetakchisi, Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Dastlab davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovga og‘ir judolik - onasi Ogulabat edjye Berdimuhamedova olamdan o‘tgani munosabati bilan chuqur hamdardlik va taskin-tasalli so‘zlarini izhor etdi, unga va barcha yaqinlariga sabr-toqat va bardosh tiladi.
Suhbatda ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Oliy darajadagi kelishuvlar ijrosining borishi muhokama qilindi. Yil boshidan buyon o‘tgan ikki tomonlama muloqotlar – Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, siyosiy maslahatlashuvlar, transport va madaniyat vazirlarining uchrashuvlari, diplomatik munosabatlar o‘rnatilgani 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan boshqa tadbirlarning samarali natijalari qayd etildi.
Savdo-iqtisodiy, energetika va suv xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash bo‘yicha faol almashinuvlarni davom ettirishga kelishib olindi.
Telefon muloqoti yakunida yetakchilar bir-birini va qardosh mamlakatlar xalqlarini yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bilan dildan qutladi.
Mavzuga oid
16:26 / 12.12.2024
Abdulaziz Komilov Turkmanistonning «Hurmatli el yoshullisi» unvoni bilan taqdirlandi
15:25 / 06.12.2024
Turkmaniston O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni ko‘paytiradi
19:33 / 05.12.2024
Turkmaniston O‘zbekiston bilan chegarada joylashgan bojxona postini foydalanishga topshirdi
18:02 / 05.12.2024