Jahon | 07:30 / 18.04.2023
2933
2 daqiqa o‘qiladi

IBU sobiq rahbari Bessebergga korrupsiya bo‘yicha ayblov qo‘yildi

Norvegiya Iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi ayblov xulosasiga ko‘ra, 2009-2018 yillar oralig‘ida Anders Besseberg turli shakllarda bir necha bor pora olgan.

Anders Besseberg / Foto: Norway post

Xalqaro biatlon ittifoqining (IBU) sobiq prezidenti Anders Besseberg Norvegiyada korrupsiyada ayblandi. Norvegiya Iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasining 17 aprel, dushanba kuni ma’lum qilishicha, unga ko‘ra, 2009-2018 yillar oralig‘ida sport amaldori porani soat, ovga taklifnoma, fohishalar xizmati va ijaraga olingan avtomobil ko‘rinishida olgan.

Ayni paytda, Bessebergning advokati Norvegiyaning NTB axborot agentligi tahririyatiga yuborgan yozma bayonotida uning mijozi hech qachon pora olmaganligini va IBU korrupsiyaga qarshi ishiga ta’sir o‘tkazishga urinmaganligini ta’kidlashda davom etmoqda.

Anders Bessebrg IBU'ni 1992 yildan 2018 yilgacha boshqargan. 2018 yil noyabr oyida IBU Ijroiya kengashi mustaqil ERC tergov guruhiga unga va IBU sobiq bosh kotibi Nikol Reshga qarshi ayblovlar bo‘yicha chuqur tekshiruv o‘tkazishni topshirdi. Ushbu tergov doirasida ERC 70 000 ga yaqin hujjatlarni o‘rganib chiqdi va 60 ga yaqin so‘rovlar o‘tkazdi.

Mavzuga oid