Kreml: Putin Xerson viloyati va «LXR»ga borib keldi
Rossiya prezidenti Ukraina janubi va sharqidagi bosib olingan hududlarga tashrif buyurdi. Bu Putinning qo‘shni davlatning egallangan hududlariga ikkinchi safari.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina janubidagi Xerson viloyatiga borib keldi, deya xabar beradi Kreml. U Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishida ishtirok etayotgan qo‘shinlarining u yerda joylashgan «Dnepr» guruhiga tashrif buyurdi va ushbu guruh qo‘mondoni, general-polkovnik Oleg Makarevich, havo-desant kuchlari qo‘mondoni, general-polkovnik Mixail Teplinskiyning hisobotlarini tingladi. Bu haqda 18 aprel, seshanba kuni Rossiya prezidentining saytida xabar qilindi.
Bundan tashqari, Putin o‘zini «LXR» deb e’lon qilgan hududda joylashgan «Vostok» milliy gvardiyasi shtabiga tashrif buyurdi. «Davlat rahbari harbiy xizmatchilarni Pasxa bayrami bilan tabrikladi va ularga sovg‘a berdi», — deyiladi Kreml xabarida. Tashriflar qachon bo‘lib o‘tgani haqida aniq ma’lumot yo‘q.
Shu yilning mart oyida Putin annexia qilingan Mariupolga tashrif buyurib, Ukrainaga keng miqyosli bosqin boshlanganidan beri birinchi marta bu mamlakatga tashrif buyurdi. U Donbassga 18 mart kuni kechki payt, Xalqaro jinoiy sud uni hibsga olish uchun order berganidan bir kun o‘tib kelgan. Kreml matbuot xizmati xabariga ko‘ra, u Mariupolga vertolyotda uchgan, so‘ngra tunda mashinada shahar bo‘ylab o‘tgan va Rossiya o‘qlari tomonidan vayron qilinganidan keyin yangi qurilgan mikrorayonga tashrif buyurgan.
«Verstka» nashri yozishicha, Putinning tashrifi shaharda qolgan aholining noroziligiga sabab bo‘lgan. U butunlay vayron bo‘lgan shahardagi yagona yangi qurilgan mikrorayonga tashrif buyurgan.
Mavzuga oid
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
07:50 / 24.12.2024
Anapa aholisi mazut to‘kilishi sababli Putinga murojaat bilan chiqdi
14:14 / 23.12.2024
Kremlda Putin va Slovakiya bosh vaziri o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
10:43 / 23.12.2024