Qirg‘iziston lotin alifbosiga o‘tishi mumkin
Davlat tili milliy komissiyasi bu borada parlamentda chiqish qildi.
Qirg‘izistonda lotin alifbosiga o‘tish bo‘yicha bir qancha variantlar ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Davlat tili milliy komissiyasi raisi Qanibek Osmanaliyev Jogorku Kenesh (parlament) yig‘ilishida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 1993 yilda respublikaning o‘sha paytdagi bosh vaziri Abdig‘ani Erkebayev turkiy tilli davlatlar sammitida lotin alifbosiga o‘tish bo‘yicha memorandum imzolagan edi.
«Ammo shundan keyin ular siyosiy qaror qabul qilishmadi. Qirg‘iziston kirill alifbosidan foydalanuvchi turkiy tilda so‘zlashuvchi yagona davlat. Agar Jogorku Kenesh va hokimiyat qaror qabul qilsa, olimlar, ziyolilar lotin alifbosiga o‘tishga tayyor. Bizda bir nechta variant bor», dedi Qanibek Osmanaliyev.
Avvalroq, Qirg‘iziston parlamenti «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qildi. Ro‘yxatga olingan 87 deputatdan 79 nafari uni yoqlab ovoz berdi. Qolganlari betaraf bo‘ldi.
Qayd qilish joizki, Qozog‘iston ham lotin alifbosiga o‘tishga hozirlik ko‘rmoqda. Biroq, islohot 2031 yilgacha kechiktirildi. Prezident To‘qayev so‘zlariga ko‘ra, bu muammoni imkon qadar tezroq hal etish istagida «ko‘plab qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilgan».
Mavzuga oid
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024