Jahon | 08:05 / 20.04.2023
5154
2 daqiqa o‘qiladi

Kipr hukumati banklardan Rossiyaga qarshi sanksiyalarga rioya etishni talab qildi

Kipr Markaziy banki rahbari Konstantinos Irodotuning aytishicha, oroldagi barcha banklar sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan rossiyaliklar hisoblarini muzlatib qo‘yishni boshlagan.

Foto: Reuters

Kipr hukumati mahalliy banklarni Rossiyaga qarshi sanksiyalarga rioya qilishga chaqirdi. Rasmiylar Yevropa Ittifoqi tomonidan kiritilgan cheklovlar buzilishiga toqat qilmaydi, dedi 19 aprel, chorshanba kuni hukumat matbuot kotibi Konstantinos Letimbiotis. «Prezident amalga oshirilishi lozim bo‘lgan samarali harakatlar ro‘yxatidan iborat «yo‘l xaritasi» tayyorlanishini talab qildi, - dedi u. - Biz mamlakatimizning ishonchini himoya qilishimiz kerak, Yevropa Ittifoqi sanksiyalaridan chetga chiqishga toqat qilmaymiz».

Aprel oyida Qo‘shma Shtatlar bir necha Kipr kompaniyalariga, shuningdek, Vashington milliarder Alisher Usmonovga aloqador bo‘lgan Kipr fuqarolari va rezidentlariga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan edi. Buyuk Britaniya, o‘z navbatida, ikki yuristni tegishli ro‘yxatga kiritdi: Xristodulos Vassiliadesni – Usmonov bilan hamkorlik qilgani uchun, Demetris Ioannidesni – oligarx Roman Abramovichga ishlagani uchun. Kipr hukumati Vassiliadesa va Ioannidesaga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilishini istisno qilmadi.

Kipr Markaziy banki rahbari Konstantinos Irodotu , o‘z navbatida, mamlakatning barcha banklari «ro‘yxatlarga kiritilgan shaxslar bank hisoblarini muzlatib qo‘yishni boshlagan»ini ma’lum qildi.

Mavzuga oid